Almuradova Roxatoy Musurmon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek milliy kurash tarixi (Surxon vohasi misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1016.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Nazirov Baxtiyor Safarovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy kurash tarixini Surxondaryo viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimgi Baqtriya qabrlaridan topilgan qadahda bellashayotgan ikki kurashchining tasvirlanganligi, “To‘maris”, “Askar qiz” afsonalarida bahodirona kuchga ega bo‘lgan ayollar to‘g‘risida hikoya qilinganligi, o‘g‘uz eliga hokimlik qilgan Barchin Salur, Kunin Kerkli, Qug‘adli singari ayollarning bo‘lganligi, “Futuvvatnomayi sultoniy”, “Badoe’ ul vaqoe’”, “Tib qonunlari”, “Devoni lug‘atit turk”, “Boburnoma” asarlarida, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Avazxon”, “Rustam”, “To‘g‘anoy”, “Kuntug‘mish” dostonlarida polvonlik xislatlari aks etganligi aniqlangan;
Surxoncha kurashda “oyoq bilan chalib yiqitish”, “tanishing”, “ta’zim”, “o‘rtaga”, “kurash”, “to‘xta”, “yonbosh”, “qo‘shsha”, “halol!”, “halol yiqitdi!”, to‘g‘onoq”, “qoqma”, “o‘rama”, “norpo‘sh”,“chala”, “tanbeh”, “dakki”, “g‘irrom”, “bekor”, “vaqt”, oyoqqa chalmasdan “uchadan”, “kiftdan”, “qaytarma”, “burama”, “ko‘tarib burib tashlash”, “iyindan oshirib tashlash” va “siltab otish” kabi atamalar keng qo‘llanilganligi dalillangan;
bevosita kurash bilan bog‘liq “Polvonpir”, “Yo Piryoyvaliy!”, tosh o‘ynovchilar, loy tashuvchilar ("novandozlar"), kurashning o‘n ikkita odobi, “bakovul”, kurashning “buxorocha” usuli, “farg‘onacha kurash”, qozoqcha “kures”, tatarcha “kuresh”, ozarbayjoncha “gyulesh”, yoqutcha “kurdatsan-tustuu” haqidagi tarixiy ma’lumotlar aniqlangan;
Termizda Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro kurash turniri asosida o‘zbek kurashining Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako, Rossiya va boshqa mamlakatlarda tanilganligi, shuningdek Buyuk Britaniyaning Bedferd shahrida, Fransiyaning Xenday shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston Prezidenti Gran-pri” xalqaro turnirlarida o‘zbek polvonlari yuqori yutuqlarga erishganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston jismoniy madaniyat va sport tarixi tadqiq etilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qadimgi Baqtriya qabrlaridan topilgan qadahda bellashayotgan ikki kurashchining tasvirlanganligi, “To‘maris”, “Askar qiz” afsonalarida bahodirona kuchga ega bo‘lgan ayollar to‘g‘risida hikoya qilinganligi, o‘g‘uz eliga hokimlik qilgan Barchin Salur, Kunin Kerkli, Qug‘adli singari ayollarning bo‘lganligi, “Futuvvatnomayi sultoniy”, “Badoe’ ul vaqoe’”, “Tib qonunlari”, “Devoni lug‘atit turk”, “Boburnoma” asarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida tarixiy mazmundagi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 24 noyabrdagi 43-330-48-son ma’lumotnomasi). Natijalar milliy o‘zlikni anglashga yordam berish bilan bir qatorda, «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Avazxon», «Rustam», «To‘g‘anoy», «Kuntug‘mish» dostonlaridagi polvonlik xislatlari haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyishga xizmat qilgan;
Surxoncha kurashda keng qo‘llaniladigan oyoq bilan chalib yiqitish, “tanishing”, “ta’zim”, “o‘rtaga”, “kurash”, “to‘xta”, “yonbosh”,”qo‘shsha”, “halol!”, “halol yiqitdi!”, “to‘g‘onoq”, “qoqma”, “o‘rama”, “norpo‘sh”, “chala”, “tanbeh”, “dakki”, “g‘irrom”, “bekor” kabi tarixiy ma’lumotlar, shuningdek bevosita kurash bilan bog‘liq “Polvonpir”, “Yo Piryoyvaliy!”, tosh o‘ynovchilar, loy tashuvchilar ("novandozlar"), kurashning o‘n ikkita odobi, “bakovul”, kurashning “buxorocha” usuli, “farg‘onacha kurash”, qozoqcha “kures”, tatarcha “kuresh”, ozarbayjoncha “gyulesh”, yoqutcha “kurdatsan-tustuu” haqidagi tarixiy ma’lumotlar xususidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligining 2022 yilning 24 noyabrdagi 06-01/06/13/8319-son ma’lumotnomasi). Natijada, voha polvonlarini jahon bo‘yicha erishgan g‘alabalari, Termizda Al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan kurash, Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako va Rossiyada o‘zbek kurashini tanilishi, Buyuk Britaniyaning Bedferd shahrida kurash xalqaro turniri, Fransiyaning Xenday shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston Prezidenti Gran-pri” 1-xalqaro turnirida o‘zbek polvonlarni yutuqlari aniqlashga asos bo‘lib xizmat qilgan.