Karimov Baxromali Tojimatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnik mexanika va mashina detallari fanlaridan konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga oid yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish metodikasi”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3120.
Ilmiy rahbar: Nabiev Abdimital, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01 (Bir martalik ilmiy kengash)
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qambarov Baxtiyor Akbaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy texnik ta’lim yo‘nalishlari talabalarida konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga oid “Texnik mexanika” va “Mashina detallari” fanlaridan nazariya va amaliyot uyg‘unligidagi yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Texnik mexanika” va “Mashina detallari” fanlari misolida amaliy loyihalash-hisoblash jarayonlaridagi metodik nomukammallik uyg‘otuvchi nazariya va amaliyot uyg‘unligi muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish mexanizmi asosida “Konstruktorlik kompetensiyasini nazariy-amaliy uyg‘unlikda takomillashtirish” tamoyili ishlab chiqilgan hamda didaktik imkoniyatlari ochib berilgan;
konstruktorlik kompetensiyasi alomatlarini rivojlantirishda nazariya va amaliyot uyg‘unligi va yaxlitligi mexanik uzatmalarni loyihalash jarayonida yuzaga keladigan aniq muammolarni hal etish, bajarilgan texnik loyiha darajasini oshirish texnik ta’lim sifati va samaradorligi bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishning muhim didaktik sharti tarzida asoslangan;
ta’lim oluvchilar kompetentligi alomatlarini rivojlantirish maqsadida kompetension yondashuv negizida “Texnik mexanika” va “Mashina detallari” fanlaridan yangi avlod o‘quv adabiyotlariga mazmun tanlangan, nazariya va amaliyot uyg‘unligidagi fanlararo aloqalarning funksiyalari, yo‘nalishlari va tamoyillari, namunaviy yo‘riqli-texnologik xaritalar modeli takomillashtirilgan;
“Darslik yaratishda nazariy ekspertiza” va “Darslikdan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda foydalanishning amaliy ekspertizasi” mexanizmlari o‘quv adabiyotilari mazmuni ekspertiza mezonlari qamrovini kengaytirish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Texnik mexanika” va “Mashina detallari” fanlaridan konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga oid yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish metodikasi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot asosida:
“Texnik mexanika” va “Mashina detallari” fanlari misolida amaliy loyihalash-hisoblash jarayonlaridagi mavjud fikr-mulohazalar chalg‘ishi, turli jadval, diagramma ma’lumotlari va empirik bog‘lanishlardan foydalanishdagi ikkilanish va tushunmovchiliklar hamda metodik nomukammallik uyg‘otuvchi muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan “Konstruktorlik kompetensiyasini nazariy-amaliy uyg‘unlikda takomillashtirish” tamoyili yaratilgan va ilmiy-pedagogik nuqtai nazaridan asoslashga oid ma’lumotlar asosida “Texnik mexanika. Mexanik uzatmalar” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-461-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha nazariya va amaliyot uyg‘unligi muammolarini aniqlash va uni bartaraf etish mexanizmini ishlab chiqish hamda ilmiy-pedagogik nuqtai nazaridan asoslashga erishilgan;
konstruktorlik kompetensiyasi alomatlarini rivojlantirishda nazariya va amaliyot uyg‘unligi va yaxlitligini ta’minlash, ta’lim tizimidagi muammo-kamchiliklarni to‘laqonli bartaraf etishi, mexanik uzatmalarni loyihalash sifati darajasini oshirishi, kasbiy-texnikaviy ta’lim sifati va samaradorligi bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishning muhim didaktik sharti tarzida asoslashga doir tavsiyalar asosida “Texnik mexanika. Mexanik uzatmalar” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-461-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Texnik mexanika” va “Mashina detallari” fanlarida nazariya va amaliyot uyg‘unligining didaktik imkoniyatlarini ko‘rsatib berishga erishilgan;
ta’lim oluvchilar kompetentligi alomatlarini rivojlantirish maqsadida kompetension yondashuv negizida “Texnik mexanika” va “Mashina detallari” fanlaridan yangi avlod o‘quv adabiyotlariga mazmun tanlangan, nazariya va amaliyot uyg‘unligidagi fanlararo aloqalarning funksiyalari, yo‘nalishlari va tamoyillari belgilangan, namunaviy yo‘riqli-texnologik xaritalar modeli va nazorat savollari asosida “Texnik mexanika. Mexanik uzatmalar” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-461-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada fanlararo aloqalarning didaktik komponentlarini belgilash, texnologik xaritalar modeli va nazorat savollari to‘plamini yaratishga erishilgan;
“Konstruktorlik kompetensiyalarini rivojlantirishiga yo‘naltirilgan nazariya va amaliyot uyg‘unligida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish” metodikasi hamda modulli ta’lim texnologiyasining didaktik va kompetensiyaviy yondashuv mexanizmlarnini takomillashtirishga doir ma’lumotlar asosida “Texnik mexanika. Mexanik uzatmalar” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-461-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada yangi avlod o‘quv adabiyotlarini baholashga yo‘naltirilgan amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.