Raximova Kamola Esanbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar serebral falajining klinik-genetik aspektlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1185
Ilmiy rahbar: Omonova Umida Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar serebral falajining klinik-nevrologik, genetik jihatlarini aniqlash va tashxislash usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor folat almashinuvi genlarining polimorfizmi perinatal asab tizimi shikastlanishi asorati bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda bolalar serebral falajining rivojlanishiga ta’siri isbotlangan;
ilk bor perinatal asab tizimi shikastlanishi asorati bilan tug‘ilgan bolalarda folat almashinuvi ikkita gen polimorfizmi kombinatsiyasi (MTR+MTHFR) BSF rivojlanish xavfini oshirishi aniqlangan;
folat almashinuvi gen polimorfizmlari bilan BSFning og‘irlik darajasi va spastik shakllari orasida korelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
bolalar serebral falajining engil va o‘rta-og‘ir darajali turlarida MTR, MTHFR genlarining geterozigot nosog‘lom A/T, A\G genotipi uchrash chastotasi yuqori ekanligi aniqlangan;
MTR geni A2756G polimorfizmi G\G va MTHFR genining S677T polimorfizmi T\T genotiplari bolalarda og‘ir darajali BSF rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Asab tizimi perinatal shikastlanishi bo‘lgan bolalarda BSF rivojlanishini tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalar asosida: 
asab tizimi perinatal shikastlanishi bo‘lgan bolalarda BSFni erta tashxislash va prognozlash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning  ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalar serebral falaji rivojlanish xavfini tashxislash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 martdagi 8n-z/138-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma BSF rivojlanish xavf guruxiga kiruvchi bolalarda kasallikni erta tashxislash, o‘z vaqtida reabilitatsiya muolajalarini amalga oshirish va nogironlikni oldini olish choralarini ko‘rish imkonini bergan;
bolalar serebral falaji rivojlanish xavfini tashxislash  bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amalietiga, jumladan Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazining amalietiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 08-41014-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amalietga tadbiq etilishi bemorlar va ularning oilalariga ijtimoiy-reabilitatsiya yordamini ko‘rsatish doirasida BSF bo‘lgan bemorlar nogironligi kamayishida, ularni yashash sifati oshishida ifodalanadigan ijtimoiy-iqtisodiy samarani oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish