Solmetova Malika Nasirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bazal hujayrali teri saratonini erta tashxislashda klinik-morfologik va differensial-diagnostik mezonlar», 14.00.14 – Onkologiya, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/478.
Ilmiy rahbarlar: Gafur-Axunov Mirza-Alliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vaisov Adxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Arifov Saidkosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bazal hujayrali teri saratonini barvaqt tashxislash va differensial tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bazal hujayrali teri saratoni och teri fototipining I, II va III turlaridagi bemorlarda va solid-yarali teri saratonida dermatoskopik «daraxtsimon tomirlar» belgilar hisobiga o‘zgarishning kuzatilishi isbotlangan; 
bazal hujayrali teri saratoni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi salbiy xavf omillari Fispatrik teri fototiplari va immunogistokimyoviy markerlarini (Ki67, p53, bcl2) yuqorigi morfeaform gistologik turi hisobiga eng yuqori faolligi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
solid bazal hujayrali teri saratonida «daraxtsimon tomirlar», pigmentli saratonida esa «zarang barglari» dermatoskopik belgilarining immunogistokimyoviy markerlarining (Ki67, p53, bcl2) pastligi o‘smaning dermatoskopik ko‘rinishi va biologik tabiati o‘zgarishiga qarab kasallikning ijobiy bashorat omilli ekanligi isbotlangan;
bazal hujayrali teri saratonida klinik belgilari, insizion va ekssizion teri biopsiyasi va immunogistokimyoviy markerlarini har tomonlama baholash asosida turli xil variantlarini differensial tashxislash mezonlari dermatoskopik va mikroskopik belgilari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bazal hujayrali teri saratonini erta tashxislashda klinik-morfologik va differensial-diagnostik mezonlari takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bazal hujayrali teri saratonini erta tashxislashda klinik-morfologik va differensial-diagnostik mezonlari takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bazal hujayrali teri saratoni klinik-dermatoskopik va differensial-diagnostik mezonlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 dekabrdagi 8n-z/535-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bazal hujayrali teri saratonining klinik-dermatoskopik, patomorfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlari, bazalioma klinik shakllari va gistotiplarini baholash bilan barvaqt tashxislash va yanada samarali davolash sifatini oshirish imkonini bergan;
bazal hujayrali teri saratonini erta tashxislashda klinik-morfologik va differensial-diagnostik mezonlari takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali hamda Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonalarning  klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 08-40226-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bazal hujayrali teri saratonini erta tashxislashda gistotiplash va dermatoskopiya usulini joriy etish invaziv o‘sma o‘sishidan oldin erta aniqlashga, shuningdek, bazal hujayrali teri saratonini davolash uchun o‘smaning gistologik xususiyatini tashxislash, bazal hujayrali teri saratoni bilan xastlangan bemorlarni barvaqt tashxislashning ishlab chiqilgan usulini qo‘llash orqali o‘smaning biologik xususiyatini erta tashxislash hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish, kasallikning qaytalanish darajasini kamaytirish hamda bemorlarning hayoti sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish