Madumarova Zarnigor Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ul`trasonografiya yordamida chanoq-son bo‘g‘imi yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarini tashxisotini takomillashtirish» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib956.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Umida Muxtorovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chanoq-son bo‘g‘imining revmatoid artriti va osteoartrozini ul`tratovush usulida nur tashxislash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy kul rang shkala exografiyasiga qo‘shimcha ravishda, gialin tog‘ayi, sinovial, fibroz qobiq qalinligi va osteofitlarni darajasi, energetik dopler tasviriga ko‘ra, bo‘g‘imning morfo-funksional holati, chanoq-son bo‘g‘imida revmatoid artrit va osteoartrozini qiyoslash darajasining bosqichi isbotlangan;
sinovitning ul`tratovush belgilarining birlashmasi sifatida erkin suyuqlik, sinovial qobiqning qalinlashishi va energetik dopler tasvirida ko‘p miqdorda yorqin sinovial signallarning mavjudligi orqali chanoq-son bo‘g‘imi revmatoid artritning dastlabki bosqichlari va osteoartrozning ko‘zg‘alish davri uchun birlamchi ul`tratovush tekshiruv o‘tkazish kerakligi isbotlangan;
ul`tratovush tasniflash tizimi Quistgaard yordamida chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozi bosqichi uchun mavjud bo‘g‘imning sinovial qon bilan ta’minlashda energetik dopler va exografik rang tasvir metrik ko‘rsatkichlari morfo-funksional o‘zgarishlari chuqurligi va og‘irlik darajasi isbotlangan;
ul`tratovushli navigatsiya orqali chanoq-son bo‘g‘imining punksiyasiga kirish samaradorligi va punksion ignasining bo‘g‘im bo‘shlig‘iga kirishini osonlashtirish orqali bemor uchun noqulaylik va asoratlar ehtimolini kamaytirilgan tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ul`trasonografiya yordamida chanoq-son bo‘g‘imi yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarini tashxisotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ul`trasonografiya yordamida chanoq-son bo‘g‘imi yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarini tashxisotini takomillashtirishga oid tekshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Chanoq-son bo‘g‘imi kasalliklari diagnostikasida ul`trasonografiyani qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyuldagi 8n-r/794-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada katta yoshli insonlarda chanoq-son bo‘g‘imining takomillashtirilgan bayonnomasini qo‘llash bilan chanoq-son bo‘g‘imining yallig‘lanishli va degenerativ kasalliklarini ul`tratovush tekshiruvi natijalari va samaradorligini baholash imkonini bergan;
ul`trasonografiya yordamida chanoq-son bo‘g‘imi yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarini tashxisotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Andijon shahridagi 3-oilaviy poliklinikasi, Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 avgustdagi 8n-z/414-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi katta yoshdagi insonlarda chanoq-son bo‘g‘imi osteoartrozining rivojlanish xavfini kamaytirish, sinovial qobiq qalinligi dastlab 4,81±0,03 mmni tashkil qilgan bo‘lsa, tekshiruv yakunida mazkur ko‘rsatkichning ijobiy dinamikasi 4,10±0,01 mmni, fibroz kapsula qalinligi esa 3,02±0,06 mmdan 2,77±0,07 mmga kichrayib, bevosita ijobiy dinamikani ko‘rsatganligi, o‘rta va keksa yoshdagi insonlarda chanoq-son bo‘g‘imining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarini vaqtida tashxislash, bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlarni erta baholash, asoratlarni oldini olishni optimallashtirish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.