Yusupov Mashrab Ismatillovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda rivojlangan antibiotikorezistent gemolitik esherixiozda yallig‘lanishga xos sitokinli javob va koliinfeksiyani davolashning tashkiliy-uslubiy tamoyillari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib1468.
Ilmiy rahbarlar: Ziyadullaev Shuhrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent., Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Agzamova Sayyora Saidaminovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immun tizim rivojlanishi kritik davrlaridagi bolalarda rivojlangan antibiotiklarga nisbatan chidamli  gemolitik esherixiozda yallig‘lanishga xos sitokinli javob va koliinfeksiyani davolashning tashkiliy-uslubiy tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
hududiy tarzda bolalarda koliinfeksiyalarni keltirib chiqargan antibiotiklarga chidamli gemolitik Escherichia coli shtammlarining spektri va uchrash darajasi, hujayraviy va gumoral immun bo‘g‘inlarining nisbati bo‘yicha organizmining qarshilik darajasini pasayishi natijasida kasallikning rivojlanishiga sharoit yaratilganligi asoslangan;
gemolitik Escherichia coli qo‘zg‘atgan kasalliklarda yallig‘lanishga xos sitokinlarning IL-6 va IL-8 turlarining me’yoriy darajaga nisbatan 54% ga va unga bog‘liq holda esherixialarni antibiotiklarga nisbatan rezistentligini 39,8% ga oshishi natijasida kasallikning og‘ir darajada kechishiga ta’sir qiluvchi xavf omillari isbotlangan;
antibiotiklarga rezistent bo‘lgan Escherichia coli shtammlari qo‘zg‘atgan diareyalarni davolashda qo‘zg‘atuvchining inobatga olinishi kerak bo‘lgan 47% gemolitik va 57,5% biokimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishi natijasida kasallik chaqiruvchini virulentligi va patogenligining yuqori va past darajalariga nisbatan xodisa-nazorat ko‘rsatkichlar gradatsiyasining ahamiyati isbotlangan;
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi xududida immun tizim rivojlanishi kritik davrlariga to‘g‘ri kelgan, antibiotiklarga chidamli bo‘lgan gemolitik Escherichia coli shtamlari qo‘zg‘atgan diareya bilan xastalangan bolalarda koliinfeksiyani davolash va asoratlarini bartaraf etishni tashkiliy tartibi shanslar nisbatiga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda rivojlangan antibiotikorezistent gemolitik esherixiozda yallig‘lanishga xos sitokinli javob va koliinfeksiyani davolashning tashkiliy-uslubiy tamoyillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antibiotiklarga rezistent gemolitik ichak tayoqchalari keltirib chiqargan diareya kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlashga imkon beruvchi “Gemolitik ichak tayoqchasining antibiotiklarga rezistent shtammlarini zamonaviy usullarda erta tashxislash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 8n-r/ 62-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma antibiotiklarga rezistent gemolitik ichak tayoqchalari keltirib chiqargan diareya kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash imkoni yaratilgan;
antibiotiklarga rezistent gemolitik ichak tayoqchalari keltirib chiqargan diareyali kasalliklarni to‘g‘ri davolash imkonini beruvchi tamoyillarni o‘z ichiga olgan “Antibiotiklarga rezistent gemolitik ichak tayoqchalarini davolashning tashkiliy-uslubiy jihatlari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi 8n-r/ 62-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomada esherixioz bilan kasallangan bolalarni davolashda tashkiliy va uslubiy jihatlar yoritilib, kasllikni davolashdagi iqtisodiy samaradorlik bayon etilgan;
bolalarda rivojlangan antibiotikorezistent gemolitik esherixiozda yallig‘lanishga xos sitokinli javob va koliinfeksiyani davolashning tashkiliy-uslubiy tamoyillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati Payariq tumani tibbiyot birlashmasi, Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida klinik amaliyotga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 08-38000-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning  amaliyotga joriy qilinishi davolash profilaktik muassasalarida mikroblarga qarshi dori vositalarni qo‘llash bo‘yicha amaliyot shifokori, klinik farmakolog, klinik mikrobiolog va muassasadagi tibbiy profilaktik xodimlar tavsiyasiga ko‘ra davolash samaradorligini ortishi, mikrobiologik tahlili natijalarini klinik bo‘limlar, qo‘zg‘atuvchi xususiyatlari, zararlanish sohasiga qarab antibiotiklarga rezistent ichak tayoqchalarini 81%da asoratsiz davolanishi, monitoring natijasida olingan mikroblarga qarshi dori vositalari elektron bazasini shakllantirilishi ichak tayoqchasining antibiotiklarga nisbatan rezistentligini 75%ga kamaytirishi hamda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda E.coli sababli rivojlangan diareyalarni erta tashxislash, kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish