Saidxonova Adibaxon Murotxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Bolalarda allergik rinitning komorbid kechishining klinik - immunologik xususiyatlari va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2180.
Ilmiy rahbar: Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tataurshhikova Natal`ya Stanislavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent pediatriya tibbiyot instituti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechishida klinik-immunologik xususiyatlarni o‘rganish hamda bemorlarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechishi rivojlanishi, irsiy moyillik, o‘tkazilgan yondosh kasalliklar bilan bir qatorda tibbiy-biologik hamda ijtimoiy omillar kasallikning komorbid kechishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
bolalarda allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechishi rivojlanishi, kasallikning kechishi va oqibatlarini bashoratlashda IgE prognostik ahamiyati isbotlangan;
allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechishida Allergic Rhinitis and its Impact on Asthma shkalasi va qon zardobida IgE miqdori orasida to‘g‘ri va kuchli korrelyasion bog‘liqlik majudligi aniqlangan;
allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechishi kuzatilgan bolalarda davolashni takomillashtirish maqsadida sublingval immunoterapiyaning bemor hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri isbotlangan sxemasi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Allergik rinit bronxial astma bilan komorbid kechishining klinik ko‘rinishlarini aniqlash, tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda allergik rinitning komorbid kechish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda allergik rinitning komorbid kechish tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 8n-d/561-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma allergik rinit bilan bir paytda bronxial astmaga ham chalingan bolalarda immunitetning maxsus omillari faoliyati va qondagi IgEni aniqlash, kasallikni o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali uning rivojlanishi va kutiladigan asoratlarning oldini olish imkonini bergan;
bolalarda allergik rinitning zamonaviy tashxisoti va davolashbo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda allergik rinitning zamonaviy tashxisoti va davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 8n-d/556-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bronxial astma bilan allergik rinitning birga kechishida immunitetning maxsus omillari faoliyati holatidagi buzilishlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlash va qaytalanish darajasini kamaytirish imkonini bergan;
allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechishini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent shahar Uchtepa tumani tibbiyot birlashmasi va Chirchiq shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 avgustdagi 8n-z/267-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar allergik rinitni bronxial astma bilan komorbid kechishi aniqlangan bolalarda tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash uslubi-sublingval immunoterapiyani qo‘llash orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga hamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish imkonini bergan.