Mamadalieva Dildora Abdulmalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tukli matolar halqa mustahkamligini aniqlash usulini takomillashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T1981
Ilmiy rahbar: Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Kurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor; Doniyorova Matluba Adashboevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tukli matolarning halqa mustahkamligini aniqlash usulini takomillashtirish hamda yangi o‘rilish turini taklif etish orqali halqa tukli matolarda halqa mustahkamligini oshirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
halqa tukli matolarni arqoq bo‘yicha qoplanishlar sonini o‘zgartirish hisobiga mavjud halqa tukli matolardan farqli halqa mustahkamligi yuqori bo‘lgan mato olish usuli yaratilgan;
tukli matolarning yakka halqasi mustahkamligini aniqlash uchun namuna markazidagi halqadan avvalgi va keyingi halqa uchlarini kesish orqali halqa tukli matolarning yakka halqasining mustahkamligini aniqlash usuli tavsiya etilgan;
halqa tukli matolarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan paxta tolasidan yigirilgan iplarning qayishqoqligini ilk marotaba Yunga moduli yordamida aniqlash orqali halqa mustahkamligining hisoblash formulalari ishlab chiqilgan hamda shu asosda halqa mustahkamligini oshirish uchun taxtlash parametrlari aniqlangan;
halqa tukli matolarning halqa mustahkamligini oshirish bo‘yicha ikki omilli matematik modellashtirish orqali arqoq ipi chiziqli zichligining maqbul qiymati aniqlash orqali halqaning mustahkamlik qiymatlari bashoratlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Halqa tukli matolarning halqa mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganish va halqa mustahkamligi yuqori bo‘lgan o‘rilish turi joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi turdagi mustahkamligi yuqori bo‘lgan halqa tukli matoning o‘rilish turi hamda halqa mustahkamligini aniqlashning takomillashgan usuli “Art Soft TEX” MChJ korxonasining “Chamanzor” filialida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 24-noyabrdagi №03/25-3276). Natijada yangi assortimentdagi halqa tukli mato ishlab chiqarilgan, matoning halqasini mustahkamligi 25 % ga yuqori bo‘lishiga erishilgan.