Doniyorov Shuxratjon Nimatullaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali koronar sindrom mavjud bemorlarda revaskulyarizatsiyadan keyingi chap qorinchaning morfofunksional va deformatsion xususiyatlarining dinamikasi» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1826. 
Ilmiy rahbar: Bekmetova Feruza Matsapaevna, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadzegova Alla Blalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali koronar sindrom bilan og‘rigan bemorlarda chap qorinchaning deformatsion xususiyatlariga va koronar qon tomirlarning aterosklerotik zararlanish darajasiga ko‘ra, miokard revaskulyarizatsiyasini optimallashtirish va xavf omillarini stratifikatsiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yuqori texnologik noinvaziv tashxislash usuli – spekl-treking exokardiografiya yordamida surunkali koronar sindrom bilan og‘rigan bemorlarda revaskulyarizatsiyadan oldin va keyin chap qorinchaning bo‘ylama deformatsiyasi aniqlangan;
ilk bor surunkali koronar sindrom bilan og‘rigan bemorlarda  miokard revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin ChQning deformatsion xususiyatlari aniqlangan;
koronar ateroskleroz tashxisida ChQ miokardining bo‘ylama deformatsiyasining prediktor ahamiyati spekl-treking ExoKG usuli yordamida aniqlangan;
surunkali koronar sindromda koronar arteriyalarda aterosklerotik shikastanish darajasi turli bo‘lgan bemorlarda ChQning global bo‘ylama deformatsiya ko‘rsatkichlarining referens qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali koronar sindrom mavjud bemorlarda yuqori texnologik spekl-treking exokardiografiyaning ko‘llanilishi natijasida:
surunkali koronar sindrom bilan og‘rigan bemorlarda koronar ateroskleroz darajasini noinvaziv usul orqali tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yurak qon tomir kasalliklarini tashxislashda spekl-treking exokardiografiyaning imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 martdagi 8n-r/232-son ma’lumotnomasi). Ushbu qo‘llanma surunkali koronar sindrom mavjud bemorlarda koronar ateroskleroz darajasini erta davrlarda noinvaziv tashxislash imkoniyatini bergan; 
surunkali koronar sindrom mavjud bemorlarda chap qorinchaning morfofunksional va deformatsin xususiyatlarining dinamikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy –amaliy tibbiyot markazining Qarshi va Andijon viloyatlari fililallarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 oktyabrdagi 8p–z/576–son xulosasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi SKS mavjud bemorlarida koronar ateroskleroz erta tashxislash, kasallikning klinik kechishi va asoratlari rivojlanish xavfini o‘z vaqtida baholash, kasallik profilaktikasi va davolashga samarali yondashuv, bemorlar hayot sifatini yaxshilash, surunkali koronar sindrom kuzatilgan bemorlarda davolashga differensiatsiyalangan yondashuv bilan stratifikatsiya xavfi hamda diagnostika samaradorligini oshirish uchun davolashga ketadigan mablag‘ni 20% ga tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish