Yusupxo‘jaeva Aziza Majidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqava suvlarni tozalash jarayonini gigienik tavsifi  va profilaktik  chora-tadbirlarni ishlab chiqish» 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2093.
Ilmiy rahbar: Iskandrova Guza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shovaliev Ilhom Xaqnazarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholidan hosil bo‘luvchi oqava suvlarni tozalash jarayonini gigienik tavsiflash va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahar aholisidan hosil bo‘layotgan maishiy oqava suvlarni tozalash aerostansiyalari ish samaradorligi kapital ta’mir va rekonstruksiya ishlaridan keyin qurilmalarning ish samaradorligi keskin oshgan (75%), ammo stansiyaga kirib keladigan chiqindi suv miqdorini ko‘payib borishi hisobiga tozalash qurilmalarini ish samaradorligini pasayish havfi asoslangan;
Bozsu va Salar kanallari suvining sifat tarkibi organoleptik, sanitar kimyoviy, bakteriologik mezonlari bo‘yicha havfsizlik ko‘rsatkichlari isbotlangan; 
Toshkent shahri uchun asosiy suv manbasi bo‘lgan Bozsu va Salar ochiq suv havzalarini ifloslantiruvchi manbalar sonini kundan kunga ortib borishi, mazkur ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
Toshkent shahri aholisidan hosil bo‘ladigan oqava suvlar tarkibidagi sun’iy yuza faol moddalarni suv havzalari suvlariga, suvdan foydalanishga va aholi salomatligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oqava suvlarni tozalash jarayonini gigienik tavsifi va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqava suvlarni tozalash jarayonini gigienik tavsifi va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish bshhyicha tadiiiotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiiilgan «Bozsu aerostansiyasida maishiy-xo‘jalik chiqindi suvlarini tozalash qurilmalarining ish samaradorligini gigienik baholash va profilaktik chora tadbirlar ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 iyuldagi 8n-z/356-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oqava suvlarni tozalash, ularni gigienik tavsifi, tozalash qurilmalari ish samaradorligini gigienik o‘zgarishlarni baholash imkonini bergan;
oqava suvlarni tozalash jarayonini gigienik tavsifi va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmatining profilaktik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 dekabrdagi 08-40216-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi aholi o‘rtasida suvdan foydalanish sharoitlarini yaxshilash, suv bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik ko‘rsatkichlarini pasaytirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish, Bozsu va Salar kanallaridan foydalanishda hududning sug‘orish va dekorativ holatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, tozalash stansiyalarida chiqindi suvlarni tozalash samaradorligini oshirish, tozalash uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish