Muslimov Bobirjon Boltaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Muqobil energiya manbalarini qo‘llagan holda kichik ish unumdorlikka ega o‘simlik xomashyosini ekstraksiyalash jarayoni va qurilmasini ishlab chiqish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T1537.
Ilmiy rahbarlar: Gafurov Karim Xakimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Nosirova Shaira Normurodovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Isomidinov Azizjon Salomidinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: muqobil energiya manbasidan foydalangan holda kichik ish unumdorlikka ega o‘simlik xomashyosini ekstraksiyalash jarayoni va qurilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy o‘simlik xomashyosini etanolning suvli eritmasi bilan ekstraksiyalashda gidromodulning ratsional qiymati eksperimental asoslab berilgan;
o‘rik danagi mag‘zlari misolida jarayonning kinetikasini tadqiq qilish asosida diffuziya koeffisientining vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakteri aniqlangan;
ekstraksiyalashda mahalliy o‘simlik xomashyosi (o‘rik danagi mag‘zi, uzum va qovun urug‘i) shroti qoldiq yog‘dorligining ta’sir etuvchi omillar: erituvchining temperaturasi, ekstraksiya davomiyligi va “etanol-suv” nisbatidan o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlangan;
optimallashtirish jarayoni amalga oshirilib o‘simlik xomashyosini etanol eritmalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraksiyalash jarayonini amalga oshirishning ratsional variantlari asoslangan;
energiya manbai sifatida quyosh kollektorlaridan foydalanadigan kichik ish unumdorligiga ega samarali ekstraksiyalash qurilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Muqobil energiyaga mansub quyosh energiyasi manbasidan foydalangan holda kichik ish unumdorlikka ega o‘simlik xomashyosini etanol eritmasi bilan ekstraksiyalash jarayoni va qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kichik ish unumdorlikka ega yarim sanoat ekstraksiyalash qurilmasi “RIZQU-TOJIR” MChJda  ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 17 avgustdagi 0Z/3-678-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraksiyalash usuli davomida sifatli o‘rik, uzum va qovun  moylarini maksimal olish imkonini bergan; 
quyosh energiyasi manbasidan foydalangan holda o‘simlik xomashyosini ekstraksiyalash jarayonining optimal rejimlari “Vangozi agro-eksport”  MChJda ishlab chiqarishga tadbiq etilgan (O‘zbekiston yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 17 avgustdagi 0Z/3-678-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayon 600C dan past temperaturada amalga oshirilgani sabab sifatli mahsulot olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish