Qo‘yboqarov Oybek Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xom ashyolar asosida sintez-gazdan yuqori molekulyar uglevodorodlar olish uchun katalizator tanlash va texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1922.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Muzaffar Murodovich, texnika fanlari doktori; Eshqurbonov Furkat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosida sintez-gazdan yuqori molekulyar sintetik, pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolardan turli tarkibli katalizatorlar olingan va ularning tuzilishi, faol markazlarining tabiati aniqlangan;
tanlangan turli tarkibdagi yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan sintez-gazdan yuqori molekulyar sintetik, pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish uchun katalizatorlarning katalitik faolligi hamda katalizatorlarning teksturaviy va fizik-kimyoviy xarakteristikalari orasidagi bog‘liqligi aniqlangan;
sintez-gazdan yuqori molekulyar sintetik, pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish reaksiyasida turli tarkibda va turli usullarda olingan seolitli katalizatorlarning yuqori molekulyar sintetik uglevodorodlar olish reaksiyasining borish qonuniyatlari asosida katalitik tizimlarning maqbul tarkibi aniqlangan;
ilk bor olingan 15%Co-15%Fe-5%Ni-1%ZrO2/YuKS tarkibli sintez-gazdan ya’ni is gazi bilan vodoroddan iborat aralashmadan yuqori molekulyar sintetik, pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish uchun tanlangan katalizatorni qo‘llab sintez-gazdan yuqori molekulyar sintetik uglevodorodlar olishda bosim 0.5 dan 2.0 MPa gacha ko‘tarilganda unum 28 dan 41 g/m3 gacha, suyuq uglevodorodlar bo‘yicha unumdorlik ham 55 dan 89 kg S5+/m3 kat.soat gacha ortishi aniqlangan;
tanlangan yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan15%Co-15%Fe-5%Ni-1%ZrO2/YuKS tarkibli sintez-gazdan, ya’ni is gazi bilan vodoroddan iborat aralashmadan yuqori molekulyar sintetik uglevodorodlar olish uchun tanlangan katalizatorning stabilligi yuqoriligi, ya’ni kokslanish darajasi pastligi aniqlangan;
mahalliy xom ashyolar asosida yaratilgan katalizatordan foydalanib sintez-gazdan, ya’ni is gazi bilan vodoroddan iborat aralashmadan yuqori molekulyar sintetik uglevodorodlar olish uchun tanlangan katalizatorni qo‘llab, sintez-gazdan yuqori molekulyar sintetik, pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish jarayonining texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xom ashyolar asosida pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xom ashyolar asosida olingan 15%Co-15%Fe-5%Ni-1%ZrO2/YuKS tarkibli katalizator «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2022 yil 7 noyabrdagi 934/G'K-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi tarkibli katalizator ishtirokida pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish imkonini bergan;
sintez-gazdan, ya’ni is gazi bilan vodoroddan iborat aralashmadan yuqori molekulyar sintetik, pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish uchun tanlangan 15%Co-15%Fe-5%Ni-1%ZrO2/YuKS, tarkibli katalizator asosida uglevodorodlar olish texnologiyasi Muborak gazni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2022 yil 7 noyabrdagi 934/G'K-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, 15%Co-15%Fe-5%Ni-1%ZrO2/YuKS tarkibli katalizator yordamida sintez-gazdan, ya’ni is gazi bilan vodoroddan iborat aralashmadan pentandan nonadekangacha bo‘lgan uglevodorodlar olish imkonini bergan.