Azimova Fatima Vaxidovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Molekulyar-genetik omillarni aniqlash asosida alopesiyaning chandiqsiz shakllari tashxisi va davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish», 14.00.11–Dermatologiya va  venerologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib263.

Ilmiy maslahatchi: Sabirov Ulug‘bek Yusupxonovich,  tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,  DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Arifov  Saidkasim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori; Gil`dieva Margarita Sabirovna, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «Ostona tibbiyot universiteti» aksiyadorlik jamiyati. (Qozog‘iston)

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: chandiqsiz alopesiya turli shakllarining molekulyar-genetik omillarni aniqlash va patogenetik asoslangan davolash  usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek populyasiyasida alopesiyaning chandiqsiz shakllarida o‘sish omillari va apoptoz omili miqdori hamda ularni boshqaruvchi genlarning polimorfizmi aniqlangan;

alopesiyaning chandiqsiz shakllarida trombotsitlar o‘sishi omili va bog‘lovchi to‘qimaning hujayradan tashqari matriksi degradatsiyasi markerlari  aniqlangan;

soch follikulasi hujayralari faolligi ular membranasida  tirozinkinazaga xos reseptorlar paydo bo‘lishi bilan  bog‘liqligi isbotlangan;

ilk bor alopesiyaning chandiqsiz shakllarida soch follikulasi molekulasi hujayralararo  matriksi (TIMP1)  markerlari aniqlangan;

ilk bor o‘zbek populyasiyasida videotrixodermatoskopik usul bilan alopesiyaning chandiqsiz shakllarining tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan;

ilk bor chandiqsiz alopesiyaning yangi, patogenetik asoslangan va samarali davolash usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Molekulyar-genetik omillarni aniqlash asosida alopesiyalarning chandiqsiz shakllarini tashxislash va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

chandiqsiz alopesiyaning etiologiyasi, tashxisi, klinikasi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan  «Alopesiya: klinika, tashxislash va davolash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 12 dekabrdagi 8N-p/344-son ma’lumotnomasi) va «Chandiqsiz alopesiyaning tashxislash va davolash algoritmi» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 8n-z/16-son ma’lumotnomasi).  Mazkur uslubiy qo‘llanmalar aholi orasida chandiqsiz alopesiya natijasida soch to‘kilishining sabablarini aniqlash, kasallikni oldini olish, tashxislash va davolash imkonini yaratgan;

o‘zbek millatiga mansub shaxslarning alopesiya natijasida soch to‘kilishini tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent shaxar 2-son tumanlararo teri-tanosil dispanseri  hamda Samarqand viloyat teri-tanosil dispanseri amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi 8n-R/138-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar birlamchi bo‘g‘in shifokorlari tomonidan alopesiyalarning turli shakllarini erta tashxislash va davolashni optimallashtirishda keng foydalanilgan. Ishlab chiqilgan davo-tashxisot tadbirlari alopesiyalarning chandiqsiz shakllarini davolash natijalarini yaxshilash, bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqtini qisqartirish, remissiya davrini 2-3 marta uzaytirish imkonini bergan. Tatbiq etilgan davolash usuli an’anaviy usulga nisbatan davolash samaradorligini oshirishga, bemorning hayot sifatini yaxshilashga, soch ildizini mustahkamlab, sochning to‘kilishini to‘xtatishga, bir yilda davlat byudjet mablag‘larini 82,6 mln. so‘m tejash orqali dori vositalariga ehtiyojni kamaytirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish