Karimova Kamolaxon Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pavlovniya daraxti sellyulozasi hamda kraxmallarning karboksimetilli xosilalaridan ayrim sanoat tarmoqlari uchun kompozision materiallar va kam tonnajli organik birikmalar olishning innovasion texnologisini yaratish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3028.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Murodovich, texnika fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xoliqova Sevara Djasurovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pavlovniya daraxti sellyulozasi hamda kraxmallarning karboksimetilli xosilalaridan ayrim sanoat tarmoqlari uchun kompozision materiallar va kam tonnajli organik birikmalar olishning innovasion texnologisini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo - pavlovniya daraxti tarkibidan qayta ishlashga yaroqli bo‘lgan sellyulozaning bir nechta markalari ajratib olingan va ularni kimyoviy qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;
olingan sellyulozalar asosida uning oddiy efiri PAS (polianionli sellyuloza) hamda yuqori qovushqoqlikka ega karboksimetilli fizik-kimeviy hamda mexanik xossalari aniqlangan; 
texnik PAS asosida yuqori tozalikka ega bo‘lgan kam tonajli maxsulot - N-PAS (E-466) reagentini ajratib, uning fizik-kimeviy xossalari aniqlangan;
olingan texnik PAS hamda N-PAS (E-466) preparatlarini ayrim sanoat tarmoqlari uchun kompozision materiallar va kam tonnajli organik birikmalar olishda asosiy va yordamchi xomashyo olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy xomashyolar - paxta tozalash korxonalarining hamda to‘qimachilik korxonalarining tolali chiqindilari, bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklar - “Pavlovniya” daraxtining mahalilashtirilgan navlari, banan o‘simligi kabi xomashyolarni kimyoviy qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar - paxta tozalash korxonalarining hamda to‘qimachilik korxonalarining tolali chiqindilari, bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklar - “Pavlovniya” daraxtining maxalilashtirilgan navlari, banan o‘simligi asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli turli markali sellyulozalar olish texnologiyasi “Karbonam” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 22 noyabrdagi 724-01/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olish imkonini bergan; 
mahalliy xomashyolardan olingan kimyoviy qayta ishlashga yaroqli pavlovniya daraxti tarkibidan olingan sellyuloza asosida burg‘ulash qorishmalari uchun asosiy reagent – stabilizator (KMS, PAS) olish usuli “Karbonam” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2022 yil 22 noyabrdagi 724-01/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta lintidan burg‘ulash eritmalari uchun stabilizator sifatida ishlatiladigan polianionli sellyuloza olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish