Mamajonova Oygul Sirojitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «So‘lak amilazasi oshqozonda oqsil gidrolizlanishini yaxshilovchi omil sifatida», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B452.
Ilmiy rahbar: Aleynik Vladimir Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Mirzaeva Yulduzxon Toxirjonovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozon shirasi tomonidan oqsillarni gidroliziga to‘sqinlik qiluvchi kraxmal-oqsil komplekslari hosil bo‘lishini kamaytirish orqali, so‘lak amilazasining oshqozonda oqsillarni hazm qilishni yaxshilashdagi ishtirokini aniqlash va asoslashdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqsillarni oshqozon shirasi ta’sirida gidrolizi va so‘rilishida so‘lak amilazasining qo‘shimcha fiziologik o‘rni isbotlangan;
so‘lak amilazasi hazm bo‘ladigan (kraxmal) polisaxaridlarni parchalash orqali, oshqozon shirasi tomonidan oqsillarning gidrolizi va so‘rilishini yaxshilovchi ta’siri aniqlangan;
hazm bo‘lmaydigan polisaxarid (agar-agar) va saxarozani kraxmalning so‘lak amilazasi va oqsillarni oshqozon shirasida gidrolizi pasayishi va hazm bo‘lishini kamayishiga ta’siri asoslangan;
so‘lak amilazasida hazm bo‘ladigan polisaxaridlarning gidrolizi va oqsillarni oshqozon proteazasi ta’sirida gidrolizida so‘lak bezlari tomonidan amilaza va oshqozon bezlari tomonidan proteazalar ishlab chiqarish ketma-ketligining fiziologik zarurligi isbotlangan;
olingan ma’lumotlar asosida oqsillarning hazm bo‘lishini va so‘rilishini yaxshilash uchun kraxmal gidrolizatlaridan foydalanish bo‘yicha parhez tavsiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
So‘lak amilazasining oqsillarni oshqozon shirasida hazm bo‘lishiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
so‘lak amilaza fermenti va oshqozon pepsin fermenti ajralish ketma-ketligining fiziologik ahamiyati hamda oshqozonda oqsil gidrolizini yaxshilash mexanizmlari Andijon olimpia va paralimpia zaxiralari kolleji, Andijon shahar 1- va 2-sonli, Marhamat tumani bolalar va o‘smirlar sport maktablarida proteolitik passivligi bor o‘quvchi sportchilarda ovqat ratsionida so‘lak amilazasi bilan hazm bo‘ladigan polisaxaridlarni qo‘llash, so‘lak amilazasi ta’sirida hazm bo‘lmaydigan polisaxaridlarni ovqat ratsionida qo‘llamaslik joriy qilingan (O‘zbekiston Sportni Rivojlantirish vazirligining 2022 yil 14 iyundagi 06-13/2486-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqsil hazm bo‘lishining pasayishiga ta’sir qiluvchi so‘lak bezlarining ferment-ajratish faolligining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan oshqozon hazm qilish buzilishining yangi patogenetik mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan;
oqsilni hazm bo‘lishiga oqsil va kraxmal fraksiyalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir hamda so‘lak amilaza fermenti tomonidan o‘zaro ta’sir darajasining kamayish xususiyatidan “Fermentativniy gomeostaz i fermentativnaya resirkulyasiya v organizme” loyihasida foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan. (Qirg‘iziston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy ilmiy izlanish institutining 2022 yil 1 iyundagi 347-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqsillarning hazm bo‘lishini va assimilyasiyasini yaxshilash uchun kraxmal gidrolizatlaridan foydalanish bo‘yicha gipoatsid va yuqori kislotali gastrit bilan og‘rigan bemorlarni klinik diagnostika qilish protokollariga qo‘shimchalar kiritish taklif qilindi, shuningdek, oqsillarning hazm bo‘lishini va assimilyasiyasini yaxshilash uchun kraxmal gidrolizatlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish