Abdiqodirov Murodxo‘ja Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tut ipak qurtining ikki noallel Z-letallar bo‘yicha muvozanatlangan va pillaning yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega genetik tizmalarini olish usulini ishlab chiqish», 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/B523.
Ilmiy rahbar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Baxtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ismatullaeva Diloram Adilovna, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tut ipak qurtining embrional Z-letallar bo‘yicha muvozanatlangan S-8ngl zoti pillalarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan genetik usulni ishlab chiqish va letal genlar monitoringi o‘tkazilgan S-8ngl zoti ishtirokida yangi 100 % erkak jinsli duragay kombinatsiyalarini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor embrional Z-letal genlar bo‘yicha muvozanatlangan zot va ingichka ipak tolali tizmani resiprok chatishtirib olingan birinchi avlodning 50 % genotipida ℓ1 letal genini saqlashi aniqlangan;
qo‘sh letallar bo‘yicha muvozanatlangan S-8ngl zotini takomillashtirishda taxliliy chatishtirish uchun tr24w2w2×L-67 translokatsion tizmasidan foydalanish maqbulligi aniqlangan;
S-8ngl zotini oddiy tizmalar bilan takomillashtirishda ℓ1 va ℓ2 letal genlarini muvozanatlashuviga F4 avlodga kelib erishish mumkinligi yangi genetik usul asosida isbotlangan;
tut ipak qurtining ikki noallel Z-letallari bo‘yicha muvozanatlangan yangi genetik tizmasining 23 ta oilasi olingan;
genotipida qo‘sh letal genlar saqlovchi S-8ngl zotidan erkak jinsli duragaylar olishda otalik sifatida, yuqori texnologik tizmalardan onalik sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tut ipak qurti pillalarining yuqori sifat ko‘rstkichlariga ega, ikki noallel Z-letallar bo‘yicha muvozanatlangan genetik tizmalarini olish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan tut ipak qurtining faqat erkak jinsdan iborat yirik pillali “Istiqbol” duragayi 2022 yilda Farg‘ona viloyati “Agropilla” MChJ xududida 3 quti hajmda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 13 sentyabrdagi 
1-1/679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu duragaydan olinadigan pilla hosildorligini oshirishga erishilgan;
“Tut ipak qurtining Z-letallar bo‘yicha muvozanatlangan yangi liniya olishning sintetik seleksiyaga asoslangan genetik usuli” nomli uslubiy qo‘llanmasi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida bajarilayotgan “Tut ipak qurtini 100% erkak jinsli duragaylarini yaratish” mavzusidagi genetik tadqiqotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 13 sentyabrdagi 1-1/679-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 
S-8 ngl zotining populyasisida ipak tolasining texnologik ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
tut ipak qurtining qo‘sh embrional letallar bo‘yicha muvozanatlangan S-8 ngl zotining takomillashtirilgan genetik tizmasining olingan 23 ta oilasi “Tut ipak qurtining genetik kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 13 sentyabrdagi 1-1/679-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yangi genetik tizmaning 23 ta tuxum qo‘ymalari “Tut ipak qurtining genetik kolleksiyasi” ni boyitish imkonini bergan.     

Yangiliklarga obuna bo‘lish