Mashkurova Zaringiz Tolkunovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Essensial gipertenziyada azilsartanni indapamid va nitrendipin bilan birgalikda qo‘llanilgandagi organoprotektiv samaradorligi » 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1826.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Guzal Jaloliddinovna tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisolashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna -tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulova Zul`fiya Dadaevna – tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: yuqori va juda yuqori xavfga ega EGli bemorlarda antigipertenziv va organoprotektiv samaralarga erishish uchun azilsartanning indapamid va nitrendipin bilan kombinatsiyali qo‘llanilishi yordamida antigipertenziv terapiyaning optimallashtirilgan uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor EG bilan xastalangan bemorlarda azilsartanning indapamid bilan 6 oylik terapiyasi fonida azilsartan va nitrendipin bilan terapiyaga nisbatan tungi AB dippingi ancha yaxshilanishi ko‘satilgan, xususan, non-dipper bemorlar soni 72 foizdan 44 foizgacha kamaydi va dipperlar soni 10 foizdan 32 foizgacha ortganligi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasiga mansub EGli bemorlarda azilsartanning indapamid bilan 6 oylik terapiyasi fonida azilsartan va nitrendipin bilan terapiyaga nisbatan kardio- va vazoproteksiya afzalligi asoslangan;
ABSP buzilgan EGli bemorlarda azilsartanning indapamid bilan
6 oylik terapiyasi fonida azilsartan va nitrendipin bilan terapiyaga nisbatan ahamiyatga ega kardio-, vazo- va nefroprotektiv samaradorligi isbotlangan;
ilk bor azilsartanning indapamid va nitrendipin bilan kombinatsiyali terapiyasi metabolik profilga ijobiy ta’siri va a’lo nefroproteksiyasi ko‘rsatildi, bunda azilsartan va indapamid guruhi ushbu ta’sirda ustunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
EGli bemorlarda azilsartanning indapamid va nitrendipin bilan kombinatsiyali qo‘llanilishi organoprotektiv samaradorligini ilmiy joriy qilish natijalari asosida:
EGli bemorlarda nishon organlarging zararlanishing erta prognozlash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan “Essensial gipertenziyali bemorlarda samarali organoproteksiya uchun antigipertenziv terapiyaga differensial yondashuv” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 8n-r/1145-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Ilmiy natijalarni tadbiq etish ko‘rsatdiki, yuqori va juda yuqori xavfi bor hamda klinikagacha nishon a’zolar shikastlanishi va ABning tungi dippingi buzilgan EGli bemorlarga azilsartan va indapamid bilan kombinatsiyali terapiya tavsiya etilgan;
EGli bemorlarda azilsartanning indapamid va nitrendipin bilan kombinatsiyali qo‘llanilishi organoprotektiv samaradorligini tadqiq qilish va farmakoterapiyani optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar amaliy tibbiyotga joriy qilingan va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘limlari ishida, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi va Jizzax filiallari ishida qo‘llanilmoqda (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 8n-z/403-son ma’lumotnomasi). Tadbiq qilish natijalari AB raqamlarini o‘z vaqtida nazorat qilishga, YuQTA ikkilamchi profilaktikasini samarali o‘tkazishga, individual farmakoterapiyani tanlashga, bemorlarning davolanishga moyilligini oshirishga, va shu bilan bemorlar hayot sifatini yaxshilashga, nogironlik va o‘lim darajasini pasaytirishga, gospitalizatsiyalar sonini kamaytirishga, mehnatga layoqatsizlik kunlari sonini kamaytirishga va davolashga sarflanadigan mablag‘larni 23 foizga tejashga imkon bergan.