Xikmatova  Nigina Izatilloevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi    himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yallig‘lanish genezli bepushtlikdan aziyat chekayotgan ayollarni  tashxislash, davolash va reabilitatsiyasiga yondashishni patogenetik asoslash», 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib505.
Ilmiy    maslahatchilar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari   doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Tamara Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Korsak Vladislav Stanislavovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tibbiy ilmiy tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kichik chanoq a’zolarining surunkali infeksiyasi bo‘lgan ayollarda bepushtlikni tashxislash, davolash va reabilitatsiyasini  patogenetik asoslangan va individual yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor qin, ichak va siydik yo‘llarining mikroflorasi buzilishining ahamiyatini hisobga olgan holda ayollar orasida bepushtlik rivojlanishida mikroorganizmlarning roli patogenetik jihatdan asoslangan;
ilk bor o‘zbek aholisida ayollar bepushtligining rivojlanishida HLA 2 sinfi antigenlarining ahamiyati  aniqlangan;
gonadotrop gormonlari, shuningdek progesteron va tiretrop gormon bilan NLA-2 DQA1 0401, HLA-DRB1 13 va HLA-DRB1 04 sinfidagi allel tashuvchilarining korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
yallig‘lanish genezli bepushtligi bo‘lgan ayollarda ilk bora tabiiy va oziq-ovqat allergenlariga nisbatan o‘ta sezuvchanlik aniqlangan va bu davolash dasturlarini ishlab chiqishda hisobga olinishi asoslangan;
bepushtlik bilan og‘rigan ayollarning qonida homiladorlikning boshlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muhim omil hisoblangan antispermal antitelolarning paydo bo‘lishi aniqlangan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yallig‘lanish genezli bepushtlikdan aziyat chekayotgan ayollarni  tashxislash, davolash va reabilitatsiyasiga yondashishni patogenetik asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
infeksion genezli bepusht ayollarda reproduktiv a’zolar holatini baholash «Infeksion genezli bepusht ayollarda reproduktiv a’zolar holatini baholashda kompleks diagnostika usullarini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 8n-r/303-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma yallig‘lanish jarayonlari bo‘lgan ayollarni kompleks tashxislash asosida bepushtlikning uchrash darajasi va erta belgilarini aniqlashga imkon bergan;
bepushtlikdan aziyat chekuvchi fertil yoshdagi ayollarda sensibilizatsiya bo‘yicha olib borilgan tadqiiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bepushtlikdan aziyat chekuvchi fertil yoshdagi ayollarda sensibilizatsiya turini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 apreldagi 8n-r/304-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma  yallig‘lanish kasalliklari hamda bepushtlik xavf guruhiga kiruvchi ayollarni nazorat qilish usulini ishlab chiqish, nazorat usulini aniqlash, yuqori xavf omillari bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni kamaytirishga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar, bepushtlik bilan kasallangan ayollarda infeksiyani oldini olish tamoyillarini klinik va patogenetik asoslash va eubiotiklar, probiotiklar va simbiotlar bilan davolash, sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatida, xususan: Buxoro shahar №1, 4, 6, 8 son oilaviy poliklinikalarda, shahar tug‘ruq majmuasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 apreldagi 8n-r/209-sonli ma’lumotnomasi) EKO dasturlari samaradorligini oshirishga va reproduktiv yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam berdi. Olingan natijalar  amaliyotga tadbiq etish bepushtlik bilan kasallangan  ayollarni tekshirish, davolash va reabilitatsiya qilish dasturini ishlab chiqishda boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishda imkon yaratdi, bu ko‘p komponentli va ko‘p bosqichli bo‘lishi kerak, bu barcha davolashda shaxsiy yondashuvni ta’minlash, diagnostika va profilaktika choralari, asoratlarni bashorat qilish va kamaytirish hisobiga tibbiy yordam sifatini oshirishdan iborat.

Yangiliklarga obuna bo‘lish