Qo‘chqarov Husniddin Shaxobitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ritmining turli buzilishlari mavjud bemorlarda aksaritminni uzoq muddat qo‘llanilishining klinik samaradorligi va xavfsizligi» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1825. Ilmiy rahbar: Zokirov Nodir Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori. Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisolashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01 raqamli kengash.
Rasmiy opponentlar: Gadoev Abdugaffor Gadoevich - tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Nurali Abduraxmonovich – tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: turli xil yurak ritmi buzilishlariga ega bo‘lgan va miokardda organik o‘zgarishi bo‘lmagan yoki minimal darajada namoyon bo‘lgan bemorlarda yangi mahalliy, o‘simlik asosga ega AAP IC sinfiga mansub (shartli ravishda) aksaritminning uzoq muddatli foydalanishdagi (12 oy) klinik samaradorligi va xavfsizligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ilk bor miokardda organik o‘zgarishlar bo‘lmagan yoki minimal ifodalangan va bo‘lmachalar fibrillyasiyasining qaytalanuvchi shakllari mavjud bemorlarda yangi mahalliy preparat aksaritminning 12 oylik kuzatuv yakunida 73,3% profilaktik AASga ega ekanligi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha «etalon» preparati propafenondan (66,7% AAS) qolishmasligi aniqlangan;
ilk bor BF bartaraf etilgan va sinusli taxikardiyaga moyil bemorlarda xurujlarni oldini olish maqsadida aksaritmin preparatiga beta-blokatorlar guruxi dori vositalarining qo‘shilishi yurak qisqarishlar sonini ortib borishining oldini olishi hamda aksaritminning AASni oshirishi aniqlangan;
ilk bor miokardda organik o‘zgarishlar bo‘lmagan yoki minimal ifodalangan va qorinchalar aritmiyalari mavjud bemorlarda yangi mahalliy preparat aksaritminning (88% AAS) elektrofiziologik jixatdan o‘xshash preparat etasizindan (90% AAS) qolishmasligi xamda 1 yillik kuzatuvda aksaritminning AAS yetarlicha saqlanishi aniqlangan;
ilk bor miokardda organik o‘zgarishlar bo‘lmagan yoki minimal ifodalangan xamda turli yurak ritmi buzilishlari mavjud bemorlarda yangi mahalliy preparat aksaritminning 1 yillik kuzatuvda xavfsizligi va preparatning 1 oylik va 12 oylik muddatda bemorlar tomonidan yaxshi ko‘tarilishi (84% va 82,3% mos ravishda) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Miokardda organik o‘zgarish bo‘lmagan yoki minimal darajada namoyon bo‘lgan va turli xil YuRB bo‘lgan bemorlarda aksaritmindan uzoq muddat foydalanishning klinik samaradorligi va xavfsizligini o‘rganish uchun olingan natijalar asosida:
Miokardda organik o‘zgarish bo‘lmagan yoki minimal darajada namoyon bo‘lgan va turli xil YuRB bo‘lgan bemorlarda o‘simlik moddalaridan tayyorlangan IC sinfiga (shartli ravishda) mansub mahalliy AAP aksaritmindan uzoq muddat foydalanishning klinik samaradorligi va xavfsizligini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Aksaritminning uzoq muddat foydalanilganda antiaritmik samaradorligi va xavfsizligi" mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi va amalga oshirildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 8n-P/977-son xulosasi). Ushbu ko‘rsatmalarda ishlab chiqilgan ma’lumotlarning bajarilishi aksaritminning optimal samarali va xavfsiz dozalarini aniqlashga imkon berdi va shu bilan turli yurak aritmiyalarining asoratlarini davolash va oldini olishni yaxshilashni imkonini bergan;
Miokardda organik o‘zgarish bo‘lmagan yoki minimal darajada namoyon bo‘lgan va turli xil YuRB bo‘lgan bemorlarda o‘simlik moddalaridan tayyorlangan IC sinfiga (shartli ravishda) mansub mahalliy AAP aksaritmindan uzoq muddat foydalanishning klinik samaradorligi va xavfsizligini baxolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar klinik amaliyotga, shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi va Farg‘ona filiallari bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 8n-Z/572-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga tadbiq natijalari miokardda organik o‘zgarish bo‘lmagan yoki minimal darajada namoyon bo‘lgan bemorlarda BF oldini olish va QA antiaritmik davolashning optimallashtirish, hayot sifatini yaxshilash va nogironlik darajasini pasaytirish, shuningdek takroriy kasalxonaga yotqizishni kamaytirish imkonini bergan.