Maxmatmuradova Nargiza Negmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Immunologik biomarkerlar asosida nospesifik interstisial pnevmoniya diagnostikasini optimallashtirish”, 14.00.05- Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1404. 
Ilmiy rahbar:  [Aralov Nematilla Ravshanovich], tibbiyot fanlari   doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot  universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot  universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot  fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: nospesifik interstisial pnevmoniyani  erta tashxislash va kasallik kechishini prognozlashni optimallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor nospesifik interstisial pnevmoniya rivojlanishining turli darajadagi klinik ko‘rinishining, nurli vizualizatsiya usuli yordamida o‘pka to‘qimalari infil`tratsiyasining interstisial turi, konsolidatsiya o‘choqlari, fibrozli-sklerotik va emfizematoz-bullyoz havoli shishlar kabi struktur buzilishlarga bog‘liqligi asoslangan;
nospesifik interstisial pnevmoniya boshlanishida yallig‘lanish tizimining biomarkerlari IL-1β va IL-17A sitokinlarning neytrofil elastaza miqdori bilan immunologik mexanizmlar disbalansi sababli to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor nospesifik interstisial pnevmoniya avjlanishida proteoliz fermenti neytrofil elastazaning miqdori qonda oshishi erta prognostik marker ekanligi asoslangan;
NIP kechishining og‘irligini erta baholash uchun matematik modeli asosida immunologik mexanizmlar disbalansi, o‘pka struktur xolati, xayot sifati va klinik status buzilishlari kasallik avj olishining og‘irligini belgilovchi  asosiy determinantlardan hisoblanishi isbotlangan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nospesifik interstisial pnevmoniyani erta tashxislash va unga chalingan bemorlarda diagnostika-profilaktika choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
sog‘liqni saqlash amaliyotida pul`monologik bemorlarni olib borishda klinik va laborator tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Nospesifik interstisial pnevmoniyaning diagnostikasi va kechish og‘irligini baholashda immunologik markerlar" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 8n-r 1025-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nospesifik interstisial pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash va asoratlar rivojlanishini oldini olish imkonini bergan;
nospesifik interstisial pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarga davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatishning prognozi va profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Nospesifik interstisial pnevmoniyaning erta diagnostikasini matematik modellashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 8n-r 1024-son ma’lumotnomasi).  Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallikni klinikasi, laborator va instrumental tadqiqotlar ma’lumotlarini hisobga olgan holda, nospesifik interstisial pnevmoniyaga chalingan bemorlarning kechish og‘irligi bo‘yicha guruhlarga ajratish hamda erta diagnostikasini yaxshilashga imkon bergan; 
kasallikni erta aniqlash, qiyosiy tashhis o‘tkazish, davolash va profilaktika chora-tadbirlarini erta boshlashga qaratilgan tadqiqot natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan,  Samarqand shahar va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmalari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 oktyabrdagi 8n-z/ 586 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar nospesifik interstisial pnevmoniyali bemorlarda kasallikni erta tashhislashni 2,2 marta ortishiga va kasallik asoratlarini 1,6 marta kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish