Sayitqulov Sardor Oltiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalagichning takomillashgan konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.06.02-To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1656
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik - texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/29.10.2021.T.101.03. 
Dissertatsiya yo‘nalishi:  amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalash agregatini takomillashtirish, kompleks nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijasini parametrlarini asoslash, tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta bo‘lagini qoziqcha ilib olib ketishida unga ta’sir qiluvchi kuchlarni, qo‘shimcha ishqalanish kuchini inobotga olib qoziqcha radiusini aniqlash formulasi olingan, namlikni ishqalanish koeffisientiga ta’sirini inobatga olib, paxta massasi qoziqcha diametrini o‘zgarishiga bog‘liqlik qonuniyati aniqlangan; 
paxta bo‘lagi va undan ajralgan yirik iflosliklarni ko‘p qirrali kolosnik tekis va og‘ma yuzalari bilan zarbali ta’sirlashishidan so‘ngi tezliklarini ifodalovchi formulalar olingan, bog‘lanish qonuniyatlari tahlili natijasida urilish burchagini kattaroq qilib olish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlangan;
qoziqchalar diametrini tozalash samaradorligiga bog‘liqlik grafiklari tahliliga ko‘ra, paxta titilishi ortishi hisobiga tozalash samaradorligini 2,6 ÷ 3,1 % ga oshirishni ta’minlash uchun, qoziqchalar diametri 8 mm bo‘lishi asoslangan. 
ko‘p qirrali kolosniklar qirralar soni kam bo‘lganda paxtani yaxshi titilishi va qirralar soni ortishi bilan titilishni kamayishini e’tiborga olib, tozalash samarasini o‘zgarish qiymatlari aniqlangan.
paxtani etarlicha titilishi va kerakli tozalash samaradorligini ta’minlaydigan qoziqchalar diametri o‘rnatilish ketma-ketligi 12, 10, 8 mm va kolosniklar qirralari soni bo‘yicha o‘rnatilish ketma-ketligi 6, 7, 8 bo‘lgan tozalagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta xomashyosi tarkibidagi mayda va yirik iflosliklardan tozalashda takomillashtirilgan qoziqchalari turli diametrda bo‘lgan qoziqchali baraban va ko‘p qirrali kolosnikli panjaradan foydalanilgan holda paxtani tozalash samarasini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan qoziqchali baraban hamda kolosnikli panjaralarning yuqori tozalash samarasiga ega bo‘lgan texnologiyasi Buxoro viloyatidagi «Kogon paxta tozalash» AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta - to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil17 maydagi 02/22-311-sonli ma’lumotnomasi). Modernizatsiya qilingan tozalagichning qiyosiy ishlab chiqarish sinovlari asosida paxtani tozalash samarasi 8,1 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan; 
tavsiya qilinayotgan qoziqchalari turli xil diametrda bo‘lgan qoziqli baraban va ko‘p qirrali kolosnik panjarani takomillashtirilgan konstruksiyasi Buxoro viloyatidagi «Peshko‘ paxta tozalash» AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta - to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2022 yil 17 maydagi 02/22-311-sonli ma’lumotnomasi). Madernizatsiya qilingan tozalagichning qiyosiy ishlab chiqarish sinovlari asosida paxtani tozalash samarasi 9,6 % ga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish