Chorieva Muxabbat Muxammatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilari uchun maxsus kiyimni loyihalash usullarini takomillashtirish”, 05.06.04.-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1197 
Ilmiy rahbar: Mansurova Munisa Anvarovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 
Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: 1. Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor. (ixtisoslik shifri 05.06.04) Ilmiy kengash a’zosi; Maqsudov Nabijon Bahodirovich, texnika fanlari falsafa doktori. (PhD), (ixtisoslik shifri 05.06.04);
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - Neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilari uchun maxsus kiyimni yaratishda mato namunalarining geometrik va fizik xususiyatlari o‘zaro bog‘liqligi asosida loyihalash usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida birinchi marta neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilari uchun  mavjud maxsus kiyimiga ishlab chiqarishning zararli ta’sirlar topografiyasi tahlili asosida va iste’molchilar fikrini e’tiborga olgan holda loyihalanayotgan maxsus kiyimga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar shakllantirilgan;
yuqori fizik-mexanik va himoya ko‘rsatkichli oleofob pardoz qoplama olishning samarali usuli taklif etilgan, moylar, yog‘lar va uglevodorodlar ta’siriga chidamli maxsus kiyimlarning sifati oshishiga erishilgan. Taklif qilinayotgan kompozisiyaning himoya xususiyatlari undan qo‘lqoplar, fartuklar, maxsus kiyimlar uchun neft`, moy va boshqa uglevodorodlar ta’siriga chidamli qoplamalar sifatida foydalanish taklif etilgan;
issiq havo muhitida himoyalovchi qoplamali maxsus kiyim issiqlik almashuv jarayonlari asosida oleofob qoplamali maxsus kiyim matosining issiqlik o‘tkazuvchanligi va gazlama qalinligi o‘rtasidagi bog‘lanish nazariy asoslangan va uni ifodalovchi matematik model` taklif etilgan; 
O‘zbekistonda neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilarining maxsus kiyimni loyihalash usullari takomillashtirilgan, konstruktiv-texnik echimlari ishlab chiqilgan va maxsus kiyim garderobi yaratilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilari uchun gidrofob, oleofob xususiyatli matolardan maxsus kiyim ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
taklif etilayotgan maxsus kiyimga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga patent olingan (“Neft`-gaz qazib olish sanoati ishchilari uchun maxsus kiyim komplekti”, № SAP 02289). Natijada neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilari uchun yangi gidrofob, oleofob xususiyatli maxsus kiyimining zamonaviy modellari va ratsional konstruksiyasi ishlab chiqish, hamda ekspluatatsiyalash paytida ishchilar harakatlari erkinligini va issiq iqlim sharoitida kiyim osti qatlamining komfortli mikroiqlimini ta’minlanish imkoniyati yaratilgan;
taklif etilayotgan neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilari uchun neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilari maxsus kiyimini yangi komplektlari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlari paketi respublikamizni tikuvchilik korxonalarida, shu jumladan, “Nurafshon-nur” MChJ (Toshkent viloyati), “Shofirkon Ekvatarial” MChJ (Buxoro viloyati) tikuvchilik korxonalarida joriy qilindi. Natijada neft`-gaz qazib chiqarish sohasi ishchilari uchun gidrofob, oleofob xususiyatli maxsus kiyimni ishlab chiqish asosida ishchilarga qulay, komfort va arzon maxsus kiyim bilan ta`minlashga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish