Rabbimov Ilyos Mehriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Matnlarni sentimental tahlil qilish algoritmlari», 05.01.03 – «Informatikaning nazariy asoslari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2479.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kobilov Sami Saliyevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Sobirjon Sattorovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Primova Xolida Anorboyevna texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida yozilgan dialogik yozma nutq matnlarini sentimental tahlil qilish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
matnning statistik xususiyatlari, so‘z turkumi va emoji asosidagi belgilar fazosini qurish algoritmi ishlab chiqilgan;
qaror qabul qilish daraxtlari ansamblini qurishga asoslangan matnlarni sentimental tahlil qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
so‘z semantikasi va emoji asosida dialogik yozma nutq matnlarining xususiyatini xarakterlovchi belgilarni ajratish va tasniflash algoritmi ishlab chiqilgan;
tokenning semantik, sentimentallik xususiyatlarini hisobga olish va simvolni kodlashtirish asosida matnning belgilar fazosi shakllantirilgan hamda ushbu belgilarga chuqur o‘qitish modellarini qo‘llab sentimental tahlil qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Matnlarni sentimental tahlil qilish masalasini yechishga oid bo‘lgan ilmiy natijalar asosida:
matnning statistik xususiyatlari, so‘z turkumi va emoji asosidagi belgilar fazosini shakllantirish va qaror qabul qilish daraxtlari ansamblini qurish algoritmi bazasida yaratilgan dasturiy majmua Samarqand viloyati Samarqand tumani hokimligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2022 yil 31 oktabrdagi 02/4-264-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlardagi jamoatchilik fikrini sentimental tahlil qilish uchun sarflanadigan vaqt miqdorini o‘rtacha 18% ga qisqartirish imkonini bergan;
tokenning semantik, sentimentallik xususiyatlarini hisobga olish va simvolni kodlashtirish asosida matnning belgilar fazosini shakllantirish hamda ushbu belgilarga chuqur o‘qitish modellarini qo‘llashga asoslangan sentimental tahlil qilish algoritmi bazasida ishlab chiqilgan dasturiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Samarqand filialida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining 2022 yil 31 oktabrdagi 02/4-264-son ma’lumotnomasi). Dasturiy majmua 
matnlarni sentimental tahlil qilishdagi aniqligi 85-90% ni tashkil qilib, matnli ma’lumotlarni tasniflash uchun ketadigan vaqtni o‘rtacha 19% ga qisqartirish imkonini bergan;
o‘zbek tili uchun fikrlarni tasniflash korpusi, matnli ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish algoritmi, matnning statistik xususiyatlari, so‘z turkumi va emoji asosidagi informativ belgilarini ajratish va mashinani o‘qitishga asoslangan sentimental tahlil qilish algoritmi bazasida yaratilgan dasturiy majmua Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimligida joriy qilingan (Samarqand viloyati hokimligining 2022 yil 4 apreldagi 07-07/295-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida matnli ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ketadigan vaqtni 15-20% ga, mehnat sarfini 20-25% ga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish