Raximova Noiba Mirzaatxamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sportchilarning sport faoliyatining molekulyar genetik determinantlari», 03.00.17 – Sport fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/V170.
Ilmiy maslahatchi: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi huzuridagi PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Boboev Kodirjon To‘xtabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedjanova Nodira Ismaildjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Tulyaganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «I.I. Mechnikov nomidagi Davlat tibbiyot universiteti» Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siklik turdagi sport bilan shug‘ullanadigan sportchilarning klinik va biokimyoviy parametrlari bilan bir qator sport genlari assotsiatsiyalarining jismoniy ko‘rsatkichlar va sport muvaffaqiyatlarining turli belgilarining namoyon bo‘lishidagi umumiy hissasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor velosport, engil atletika va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari sportchilarida 16 ta sport uchun muhim gen allel va genotiplari va ular assotsiatsiyasining chidamlilik, kuch va tezlik kabi sport ko‘rsatgichlarini namoyon etishdagi hissasini baholash orqali sportchi individual jismoniy imkoniyatlari aniqlangan;
ilk bor sport muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan genlarning sport uchun yaxshi imkoniyat yaratuvchi assotsiatsiyalarini aniqlash orqali sportchi jismoniy faollik chegarasi aniqlandi va sport natijalarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
jismoniy ko‘rsatkichlarni boshqaradigan ba’zi genlar bilan sportchi organizmi klinik va biokimyoviy ko‘rsatgichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlarini aniqlash orqali sportchi tayyorgarlik jarayonining irsiyat bilan bog‘liq bo‘lgan samaradorligini "genotip-fenotip" munosabatlari tamoyiliga muvofiq monitoring qilish asoslangan;
O‘zbekiston sportchilarining individual jismoniy imkoniyatlari sport uchun muhim bo‘lgan genlar va genotiplar allellari assotsiatsiyasining sport xususiyatlarini namoyon etishdagi hissasini baholash orqali aniqlangan;
genlar va ular assotsiatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan "qo‘shimcha" genetik xususiyatlar aniqlangan va ularning chidamlilik, kuch va tezlik kabi sport xususiyatlarini namoyon bo‘lish darajasiga ta’sirini hisobga olib siklik sport turlardagi sportchilarining jismoniy tayyorgarlik jarayoni va sport ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy tarbiya va sport doirasida tibbiy-genetik ta’minot tizimini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
siklik turdagi sport bilan shug‘ullanadigan sportchilarning sport muvaffaqiyatining genotiplari va sportchi tanasining qo‘shimcha (yashirin) genetik xususiyatlarining aniqlangan ijobiy assotsiatsiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan "Jismoniy sifatlarning yashirin genetik determinantlarini aniqlash va baholash asosida sport natijalarini takomillashtirishga yondashuvlar (siklik sport turlari misolida)" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 08-41148-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma siklik sport turlari sportchilarda sport fenotipi bilan bog‘liklikning genetik holatini baholash tavsiya etilgan usullarini hisobga olgan holda sportchilarning genetik tekshiruvini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarda foydalanish samaradorligini oshirishi va sportchining salbiy ta’siri xavfini kamaytirish imkonini beradi;
genotip va klinik - laboratoriya fenotipining aniqlangan xususiyatlari bilan bog‘liq ishlab chiqilgan diagnostika algoritmiga asoslanib "Siklik sport turdagi shug‘ullanadigan sportchilarning jismoniy ko‘rsatkichlarining genetik jihatdan aniqlangan klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 8-41148-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jismoniy ko‘rsatkichlarni boshqaradigan ba’zi genlar bilan sportchi organizmi klinik va biokimyoviy ko‘rsatgichlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlarini aniqlash orqali sportchi tayyorgarlik jarayonining irsiyat bilan bog‘liq bo‘lgan samaradorligini "genotip-fenotip" munosabatlari tamoyiliga muvofiq monitoring qilish imkonini bergan;
siklik sport turlari bo‘yicha sportchilarning adekvat, differensial va shaxsiy tayyorgarlik jarayonini aniqlash maqsadida ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi va O‘zbekiston suzish federatsiyasining amaliy faoliyatida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 8n-z/567-son ma’lumotnomasi). Natijada, etarli jismoniy yuk va jismoniy faoliyat, masofani tanlash bo‘yicha mashg‘ulot jarayoning samaradorligini oshirish orqali sportchining ish faoliyatini baholash va prognoz qilish vaqtini qisqartirish imkonini bergan.