Toshpulatova Gulnoza Kasimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli genetik asosga ega g‘o‘za duragaylarida ayrim qimmatli-xo‘jalik belgilarni vilt va sho‘rlangan tuproq sharoitida irsiylanishi», 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/V785.
Ilmiy rahbar: Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Saidg‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Amanturdiev Alisher Balkibaevich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab genetik asosga ega oila va tizmalarni vilt kasalligi va sho‘rlanishga bardoshliligini baholash, ular ishtirokida yangi duragaylar yaratish va ayrim xo‘jalik belgilarini irsiylanish qonuniyatlarini aniqlash asosida yangi irsiy asosga ega shakllar hamda tizmalarni olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor G.hirsutum L. turiga mansub murakkab genetik asosga ega oila va tizmalarni vilt kasalligi va sho‘rlanishga bardoshliligini laboratoriya hamda dala sharoitlarida baholash orqali yovvoyi turlar genotipidan duragaylashda foydalanish  asosida bardoshlilikni oshirish mumkinligi isbotlangan;
murakkab genetik asosga ega oila va tizmalardagi vilt va sho‘rlanishga bardoshlilik xususiyatini duragaylash orqali mahalliy navlarga o‘tkazish mumkinligi ilmiy asoslangan;
murakkab genetik asosga ega oilalar-tizmalar va mahalliy navlar ishtirokida olingan duragaylarda ayrim xo‘jalik belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
murakkab genetik asosga ega oilalar-tizmalar va mahalliy navlar ishtirokida olingan yangi duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha keng trangressiv o‘zgaruvchanligini yuzaga kelishi, noyob rekombinantlarni ajratib olish samaradorligi yuqori bo‘lishi aniqlangan;
qimmatli-xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuasiga ega, vilt va sho‘rlanishga bardoshli bo‘lgan tizma va navlarni yaratishda turli genomlarga mansub yovvoyi va madaniy g‘o‘za turlarining duragaylaridan foydalanish yuqori samara berishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli genetik asosga ega g‘o‘za duragaylarida vilt va sho‘rlangan tuproq sharoitida qimmatli-xo‘jalik belgilarini irsiylanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning O-117-125/18, O-87-91/18 oilalari, T-1379 va CP-1303 tizmalari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining «G‘o‘za genofondi» noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 07 noyabrdagi 4/1255-2786-son ma’lumotnomasi) Natijada, kolleksiyani vilt kasalligi va tuproq  sho‘rlanishiga bardoshli, yuqori tola sifatiga ega hamda genetik jihatdan boyitilgan yangi namunalar bo‘yicha elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
Kamolot-79 g‘o‘za navi 2022 yilda Toshkent viloyati Quyi-Chirchiq tumanidagi “TCT Agro klaster” maydonlarida ekilib,  amaliyotga joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 avgust 07/22-04/6096-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navdan yuqori xosil olish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish