Tog‘aeva Marg‘uba Abdisottarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Don tarkibida temir moddasini boyitish uchun O‘zbekiston seleksiyasiga mansub yumshoq bug‘doy genotiplarini molekulyar tavsiflash», 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B649.
Ilmiy rahbar: Kushanov Faxriddin Ne’matullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Toxir Axmadovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Jabborov Ibroxim Shodmonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatida ekib kelinayotgan yumshoq bug‘doyning nav namunalari genotiplarini molekulyar tavsiflash va ular ichidan qimmatli genotiplarni ajratib olish hamda don tarkibidagi elementlar miqdorining temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallanish holatlari o‘rtasidagi bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatida aholi populyasiyasida so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan populyasion-statistik tahlil asosida kamqonlik (anemiya) hamda Covid-19 kasalliklari rivojlanishining bug‘doydagi temir moddasi etishmovchiligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
bug‘doyning ba’zi mahalliy, ayrim Rossiya yumshoq bug‘doy navlari hamda Qashqadaryo viloyatida ekib kelinayotgan nav namunalari doni tarkibidagi temir va boshqa ayrim elementlar miqdori aniqlangan;
yumshoq bug‘doyning tanlab olingan har bir namuna o‘rtasidagi genetik polimorfizm darajasiga mikrosatellit markerlar yordamida baho berilgan;
bug‘doy navlari o‘rtasida eng polimorf bo‘lgan va kelgusida bug‘doy ekinidagi qimmatli xo‘jalik hamda morfobiologik belgilarga aloqador QTL/genlarni xaritalashda xizmat qiladigan, noyob allellarga ega DNK markerlari identifikatsiya qilingan;
in silico PZR usulidan foydalanib bug‘doyning T.aestivum turi genomi asosida polimorfik marker hududlarining xromosomlardagi pozisiyasi (joylashgan o‘rni) aniqlangan;
yumshoq bug‘doydagi ba’zi morfobiologik hamda qimmatli xo‘jalik belgilarning yuzaga chiqishida ishtirok etish ehtimolligi mavjud bo‘lgan nomzod genlar/oqsillar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining mahalliy sharoitiga moslashgan bug‘doy navlarini tanlashda moslanuvchanlikning biokimyoviy va genetik asoslarini tahlil qilish va shu hududga mos qimmatli, yuqori mahsuldor navlarni tanlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yumshoq bug‘doy nav namunalarida mikrosatellit markerlar asosida marker lokuslarining haqiqiy pozisiyasi to‘g‘ri tartibdagi praymer ketma-ketligidan №FA-A-QX2018-427 “MAS texnologiyasining “genlarni piramidalash” usulidan foydalanib yumshoq bug‘doyda asosiy biotik va abiotik faktorlarga chidamlilik genlarini bir genotipda jamlash va shu asosda yangi liniyalar yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 26 avgustdagi 4/1255-2071-son ma’lumotnomasi). Natijada, abiotik va biotik stresslarga chidamlilik belgilarini boshqaruvchi allellar bitta genotipga jamlash imkonini bergan;
mikrosatellet markerlari asosida tanlangan biotik stress faktorlarga chidamlilik bo‘yicha nomzod genlar-oqsillardan №VA-FA-F-5-020 “G‘o‘za va bug‘doy  UAK-populyasiyasidagi QTL lokuslarini genetik kartalashtirish va ularning o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini aniqlash” mavzusidagi amaliy loyixada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 9 dekabrdagi 4/1255-3087-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilk bor bug‘doy ekinida UAK (uyali assotsiativ kartalashtirish) populyasiyasi yaratish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish