Tuxtaeva Nigora Xasanovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritda oshqozon mikrobiotsenozi buzilishini inobatga olgan holda davolash samaradorligi va kasallik kechishining o‘ziga xosligi», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib197.
Ilmiy rahbar: Karimov Ma’rif Shokirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artrit kechishi xususiyatlari va bemorlarni oshqozon mikrobiotsenozi o‘zgarishlariga bog‘liq davolashni takomillashtirish va samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritda bemorlar oshqozoni mikrobiotsenozi, oshqozon shirasi hamda shilliq qavat mikroflorasining sifatiy va miqdoriy o‘zgarishlari aniqlangan.
oshqozondagi disbiotik o‘zgarishlar revmatoid artrit faolligiga va H.rylorining uchrash darajasi esa yalig‘lanish darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi isbotlangan;
revmatoid artritda, in vitro, yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarining oshqozon mikrob simbiozlari vakillari o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ndiruvchi ta’sir ko‘rsatishi oshqozondagi disbiotik o‘zgarishlarning al`ternativ mexanizmi ekanligi isbotlangan;
revmatoid artritda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalar metabolizmining buzilishi oshqozonda disbiotik o‘zgarishlar rivojlanishiga olib keluvchi sabablardan biri ekanligi aniqlangan;
yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalar farmakokinetikasidagi o‘zgarishlar indikatorlarini revmatoid artritda oshqozonda disbiotik o‘zgarishlar kelib chiqishiga xos pridiktorlardan biri ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artrit kechishi xususiyatlari va bemorlar oshqozon mikrobiotsenozi o‘zgarishlarini aniqlash asosida davolashni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
revmatoid artritli bemorlarda oshqozon mikrobiotsenozini aniqlash hamda davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Revmatologik bemorlarda gastroduodenal sohaning klinik-funksional va mikrobiologik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saklash vazirligining 2018 yil 22 yanvardagi 8n-d/14-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma revmatoid artritga chalingan bemorlarda oshqozon mikrobiotsenozi holatini inobatga olgan holda kasallik kechishining xususiyatlari, dori vositalarini to‘g‘ri tanlash va kasallikda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalar dozasini sozlashda davolashni takomillashtirish imkonini bergan;
bemorlarda oshqozonning disbiotik o‘zgarishlarini aniqlash orqali revmatoid artritni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 8n-z/25-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar revmatoid artritni davolash samaradorligini oshirish, kasallik klinik ko‘rinishlariga H.Pylori ta’sirini kamaytirish, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.