Ismoilova Nozima Anvar qizining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy sharoitda batat (Ipomoea batatas (L.) Lam.) ning fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari va amaliyotda foydalanish istiqbollari», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V476.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga (ixtiro patenti)  patenti olingan: batatning “Xazina-2” navi (NAP 00321), “Xazina-3” navi (NAP 00322), “Xazina-4” (NAP 00323), “GulDU-1” nav (NAP 00325).
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sharoitda batatning (Ipomoea batatas (L.) Lam.) kolleksion namunalarini biotexnologik usulda mikroklonlash va in vitro sharoitda hamda dala sharoitda o‘sishi va riojlanishi bosqichlarida fiziologik-biokimyoviy jarayonlaridagi farqlarni aniqlash asosida yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor O‘zbekistonda Sirdaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida batatning Ipomoea batatas (L.) Lam. turiga mansub nav namunalarini fiziologik, biokimyoviy va ularning qiyosiy tavsifi bilan mahalliy sharoitga mos manbalari ajratib olingan;
batatning biotexnologik kolleksion namunalarini laboratoriya hamda mahalliy tuproq-iqlim sharoitda o‘sishi va rivojlanishi bosqichlarida fiziologik, biokimyoviy xususiyatlarini tahlil qilish asosida Xazina-2, Xazina-3, Xazina-4 va GulDU-1 navlari yaratilgan;
yaratilgan batat navlarining o‘sishi va rivojlanishi bosqichlarida hamda batat tuganagi tarkibini qiyosiy tahlil qilish asosida ozuqaboplik xususiyatlari aniqlangan;
batatning yaratilgan Xazina-2, Xazina-3, Xazina-4  va GulDU-1 navlari istiqbolli qishloq xo‘jaligi ekinlari sifatida davlat reestriga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy sharoitda batatning (Ipomoea batatas (L.) Lam.) morfo-fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini tahlil qilish bilan bog‘liq holda istiqbolli navlarni tanlash, yaratish va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
batatning Xazina-2, Xazina-3, Xazina-4 va GulDU-1 navlari Sirdaryo viloyati Mirzoobod tumanidagi «Bek klaster» MChJ dal maydonida 5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi 05/032-5101 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Sirdaryo viloyati sharoitida batatdan yuqori xosil olish imkonini bergan;
yaratilgan batat navlari Andijon viloyatidagi Sabzovot, poliz ekinlari va kartoshkachilik instituti tajriba stansiyasi va Andijon tumanidagi “Naynavo oqshomi” fermer xo‘jaligi dala maydonlariga ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23 dekabrdagi 05/032-5101 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, batatning yuqori xosildor navlaridan seleksiya uchun qimmatli boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish