Toreniyazova Saltanat Elmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida kartoshka navlarini tanlash, ekish sxemalari va ko‘chat qalinligining ilmiy asoslarini ishlab chiqish”, 06.01.06 – «Sabzavotchilik» (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2018.4.PhD/Qx346.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Maxsud Yuldashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04.
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Erejepova Gulbaxar Tajetovna, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining agroiqlimi va tuproq sharoitida kartoshkaning ertapishar, o‘rtaertapishar navlarini ajratib olish, ularni qulay ekish muddatlari, chuqurligi va sxemasini belgilash hamda agrotexnologik tadbirlarini ishlab chiqib, hosil miqdori va sifatiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Qoraqalpog‘iston sharoitida ekilayotgan kartoshka navlar to‘plami har tomonlama baholangan va istiqbollilari ajratilgan;
kartoshkani mahalliy va chetdan keltirilgan navlari hosildorligiga, o‘sishi va rivojlanishi, hosil sifat qo‘rsatkichlariga tashqi muhit omillarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan;
ajratib olingan kartoshkaning Zarafshon, Arnova, Sante, Evolution, Romano navlari maqbul ekish muddatlari sifatida mart oyining uchinchi o‘n kunligidan, aprelning birinchi o‘n kunligi, maqbul ekish sxemasi sifatida 70x30 sm, 90x20 sm, tuganaklarni ekish chuqurligi 5-6 sm, 9-10 sm bo‘lishi isbotlangan;
mavjud abiotik, biotik omillarni kartoshka hosilining biokimyoviy tarkibi va sifatiga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy tumanlari tuproq iqlim sharoitida kartoshkachilikda olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
«Qaraqalpaqstan Respublikasi shәriyatinda kartoshka jetistirio‘ texnologiyasi boyinsha usinislar», «Qaraqalpaqstan agrobiotsenozinda kartoshka sortlarin egio‘ mүddetleri hәm sxemalarin taңlao‘ boyinsha usinislar» mavzusidagi tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 23 oktyabr` 2022 yil №01/019-3067-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari tomonidan kartoshka navlarini vegetatsiya davri boshlanadigan erta bahorning mart oyidan boshlab etishtirishda foydalanib kelinmoqda.
kartoshkaning ertapishar, o‘rtaertapishar navlaridan Zarafshon, Zafira, Romano, Arnova, Picasso, Sante, Impala, Do‘simpalak mart oyining uchinchi o‘n kunligi, aprel oyining birinchi o‘n kunligida ekilib, Kegeyli tumani «Baxtiyar Raxat», «Aydin keleshek», «Xannazar shengel» fermer xo‘jaliklarida 270 gektar maydonga, Chimboy tumani «Reyimbay Usen», «Jolimbet Qirmani» va «Arzumurat» fermer xo‘jaliklarida 157 gektarga joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 23 may 01/019-1427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan agrotexnik tadbirlar qo‘llanilganda gektaridan 19,2-21,7 tonna hosil olinib, tovar chiqimliligi 95,1-97,4 % va iqtisodiy samaradorligi 16070,0-22150,0 so‘mni tashkil qilishi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston agroiqlim va tuproq sharoiti uchun tavsiya etilgan kartoshkaning ertapishar, o‘rtaertapishar navlarni Nukus tumani «Yusup Axmet», «Rao‘aj Maxsimqala», «Qanli Genjebay» fermer xo‘jaliklarida 70x30 sm, 90x20 sm sxemada, 5-6 sm va 9-10 sm chuqurlikda ekilishi joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 18 may 01/04-436-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bir tupdagi tuganaklar soni 5,4-7,9 dona, bitta tuganak vazni 42,6-63,2 gramm bo‘lganda, tupdagi hosil 401,2-464,1 grammni tashkil qilish hisobidan gektaridan 20,2-21,9 tonna hosil olinib, rentabellik darajasi 45,6-62,8 % ni tashkil etgan.