Mirzaeva Irodaxon Turdalievnaning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan soya navini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Qx748.
Ilmiy rahbar: Saimnazarov Yuldash Bekmirzaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy- tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: soyaning “Toshkent” navi (NAP 00338). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “baza.ima.uz” saytida patentning xuquqiy xolati to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirilgan.
II. Tadqiqotning maqsadi soyaning geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan nav va namunalarini qimmatli xo‘jalik belgi hamda xususiyatlarini o‘rganish, baholash asosida tanlab olingan boshlang‘ich manbalarni seleksiya jarayoniga tadbiq etib, sug‘oriladigan sharoitlarga mos hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan soyaning yangi navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan soyaning kolleksiya namunalari morfo-biologik xususiyatlari, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha aniqlangan va maxsuldorligi  yuqori namunalar ajratib olingan;
ajratilgan namunalarda chatishtirish ishlari olib borilib duragay populyasiyalar yaratilgan va tuproq-iqlim sharoitlarida o‘sishga yaxshi moslashgan mahalliy navlar yaratish mumkinligi isbotlangan;
soyaning nav va namunalari ishtirokida yaratilgan duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgi va hususiyatlarning irsiylanish qonuniyatlari aniqlangan;
soyaning jahon genofondi nav va namunalarni duragaylash natijasida o‘rtapishar, hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan «Toshkent» navi yaratilgan;
yaratilgan soyaning yangi naviga Intellektual mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan soya navini yaratish borasidagi ilmiy-tadqiqotlar natijasida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan soyaning qimmatli xo‘jalik belgilarga ega «Toshkent» naviga NAP 00338 raqamli patenti olingan hamda «Toshkent» navi 2021 yildan konkurs sinov natijalari va ekspert komissiyasi xulosasiga asosan, Respublika bo‘yicha ekish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2 aprel 2022 yildagi t-6/01-08-60-sonli xulosasi). Natijada soyaning chet eldan keltiriladigan urug‘lari o‘rniga mahalliy navlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan soyaning «Toshkent» navi 2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida 31,1 gektar maydonda asosiy ekin sifatida ekilganda o‘rtacha hosildorlik 26,7 s/ga ni tashkil etib, andoza navga nisbatan 6,1 s/ga yuqori hosildorlikka erishildi (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 martdagi 02/27-04/1648-son ma’lumotnomasi). Natijada gektariga 6073,4 so‘m xarajat qilingani holda 1995,2 so‘m sof foyda olinib, rentabellik darajasi 33,2% tashkil etgan; 
yaratilgan yangi navni asosiy ekin sifatida Samarqand viloyatida 20,0 gektar maydonda ekilganda o‘rtacha hosildorlik 26,1 s/ga ni tashkil etdi, andoza navga nisbatan 5,5 s/ga yuqori hosildorlikka erishildi (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29 mart 02/27-04/1648-son ma’lumotnomasi). Natijada gektariga 6777,1 so‘m xarajat qilingan va 2012,4 so‘m sof foyda olinib, rentabellik darajasi 29,7% tashkil etgan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish