Sharipov Ixtiyor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzavot mahsulotlari B2C bozorida marketing faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Iqt2293.
Ilmiy rahbar: Yusupov Maxamadamin, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sabzavot mahsulotlari B2C bozorida marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sabzavotlar xarid jarayonida mijozlarni sabzavotlar sifatini [U(b)=0,181, U(w)=0,060], narxini [U(b)=0,190, U(w)=0,086], tashqi ko‘rishnishini [U(b)=0,039, U(w)=0,043], organik xususiyatini [U(b)=0,052, U(w)=0,060], yangiligini [U(b)=0,392, U(w)=0,030] afzal ko‘rishi xususiyatlarini BWS modeli o‘lchovlari chegarasida ta’minlash orqali iste’mol darajasini 6-7 foiz oralig‘ida oshirish asoslangan;
sabzavotlar chakana savdo bozorida narx (Wn=8,30), assortiment (Wass=7,28), merchendayzing (Wmer=6,41), savdo xodimlarining kompetentligi (Wcom=5,15) omillarining muhimligi bo‘yicha vazn solishtirma salmoqlari darajasida marketing kanallari vositasida yuqori iste’mol qiymati (∑W≈10)ga erishish asoslangan; 
sabzavot mahsulotlari chakana savdo tizimida konsolidatsiya markazlarini tashkil etishning mijozlarga qiymat yaratishga asoslangan chakana savdo formati orqali narxlar barqarorligini ta’minlash asoslangan;
me’yoriy iste’mol hajmiga ko‘ra sabzavotlar chakana savdo aylanmasining 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari chiziqli trend modellari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sabzavot mahsulotlari B2C bozorida marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sabzavotlar xarid jarayonida mijozlarni sabzavotlar sifatini [U(b)= 0,181, U(w)= 0,060], narxini [U(b)=0,190, U(w)=0,086], tashqi ko‘rishnishini [U(b)= 0,039, U(w)= 0,043], organik xususiyatini [U(b)=0,052, U(w)= 0,060], yangiligini [U(b)= 0,392, U(w)=0,030] afzal ko‘rishi xususiyatlarini BWS modeli o‘lchovlari chegarasida ta’minlash orqali iste’mol darajasini 8-9 foiz oralig‘ida oshirish bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-13691-son ma’lumotnomasi).  Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida sabzavotlar savdosidan olinadigan savdo tushumlarining xajmini 2021 yilda 2020 yilga nisbatan “Parkent dexqon bozori” MChJda 8,4 foizga, “Chinoz dexqon bozori” MChJda 9,2 foizga, “Dilnoza” MChJda 20,5 foizga oshirishga erishilgan;
sabzavotlar chakana savdo bozorida narx (Wn=8,30), assortiment (Wass=7,28), merchendayzing (Wmer=6,41), savdo xodimlarining kompetentligi (Wcom=5,15) omillarining muhimligi bo‘yicha vazn solishtirma salmoqlari darajasida marketing kanallari vositasida yuqori iste’mol qiymati (∑W≈10)ga erishish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-13691-son ma’lumotnomasi). Mazkur baholash me’zonidan foydalanish natijasida sabzavotlar savdosidan olingan foyda miqdorini “Parkent dexqon bozori” MChJda 19,5 foizga, “Chinoz dexqon bozori” MChJda 7,2 foizga va “Dilnoza” MChJda 8,9 foizga oshirishga erishilgan; 
sabzavot mahsulotlari chakana savdo tizimida konsolidatsiya markazlarini tashkil etishning mijozlarga qiymat yaratishga asoslangan chakana savdo formati orqali narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-13691-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida chakana savdo korxonalariga mahsulot etkazib berish uzluksizligini ta’minlash va ta’minotchilar bilan munosabatlardagi xarajatlarni “Parkent dexqon bozori” MChJda 6,7 foizga, “Chinoz dexqon bozori” MChJda 17,6 foizga va “Dilnoza” MChJda 11,2 foizga qisqarishiga va narxlar barqarorligini ta’minlashga erishilgan;
me’yoriy iste’mol hajmiga ko‘ra sabzavotlar chakana savdo aylanmasining chiziqli trend modellari asosida ishlab chiqilgan 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-13691-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekistonda iste’mol me’yori  talablari asosida sabzavotlar etishtirish va ichki bozorda uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan strategik yo‘nalishlar ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish