Xudayberganov Dilshod Tuxtabayevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishning metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Iqt99.
Ilmiy maslahatchi: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Pardayev Mamayunus Qarshiboyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishda eksport va import salohiyatini raqamlashtirish texnologiyalari asosida diversifikatsiyalash zarurati asoslangan;
tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishning hududiy, mikro, mezo, makro va megabozor shaklidagi modellari takomillashtirilgan;
tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini baholashni raqamli platforma asosida onlayn bozor rejimi shaklida ishlash usuli hamda yangi xizmat turlari uchun elektron biznesni (elektron do‘konlar, internet kataloglar) rivojlantirish taklif etilgan;
Xorazm viloyatining qo‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan chegara oldi savdo zonalarini tashkil etish orqali respublikaning eksport va import salohiyatini oshirishda Shovot tumanidagi O‘zbek-Turkman chegara zonasida tovarlar va xizmatlar bozorini samarali tuzilmasini tashkil etish taklif etilgan; 
mintaqada tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli ekonometrik modellar yordamida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishning metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishda eksport va import salohiyatini raqamlashtirish texnologiyalari asosida diversifikatsiyalash taklifidan Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 02-23/10-1135-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshishi mintaqalarda tovarlar va xizmatlar bozorini rivojlantirish va samaradorligini oshirish imkoniyatlarini baholash asosida investisiyalar ko‘lamini oshirishga xizmat qilgan;
tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirishning hududiy, mikro, mezo, makro va megabozor shaklidagi modellaridan Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 02-23/10-1135-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini baholash mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi nazariy bilimlarni boyitishga hamda ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash va optimal qarorlar qabul qilshga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishga imkon bergan;
tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini baholashni raqamli platforma asosida onlayn bozor rejimi shaklida ishlash usuli hamda yangi xizmat turlari uchun elektron biznesni (elektron do‘konlar, internet kataloglar) rivojlantirish taklifidan Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 5-noyabrdagi “Xorazm viloyati hokimligi huzurida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari loyihalarini amalga oshirish va geografik axborot portalini ishlab chiqish hamda uni texnik qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 492-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 02-23/10-1135-son ma’lumotnomasi). Natijada, smart bozorlarning tashkiliy modeli tuzilib, uni onlayn bozor rejimi asosida ishlash usuli taklif etilgan hamda kelgusidagi yangi xizmat turlariga bo‘lgan me’yorlarni belgilash orqali elektron biznesni rivojlantirishda elektron savdo ulushini o‘rtacha 12 foizga oshirishga erishilgan;
Xorazm viloyatining qo‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan chegara oldi savdo zonalarini tashkil etish orqali respublikaning eksport va import salohiyatini oshirishda Shovot tumanidagi O‘zbek-Turkman chegara zonasida tovarlar va xizmatlar bozori samarali tuzilmasini tashkil etish taklifidan Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 22-sentabrdagi “Xorazm va Dashoguz viloyatlari chegarasida O‘zbek-Turkman chegara savdo zonasi - Savdo markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 10-7140-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 02-23/10-1135-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Shovot tumanidagi O‘zbek-Turkman chegara zonasida savdo markazi samaradorligini oshirish maqsadida konsalting, marketing va biznes jarayonlar asosidagi servis-tayyorlov hamda ekobozor markazlarini tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
mintaqada tovarlar va xizmatlar bozori samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli ekonometrik modellar yordamida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlaridan Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 16-noyabrdagi 02-23/10-1135-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2026-yilda Xorazm viloyati bo‘yicha iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmini 1,39 barobarga, chakana savdo tovar aylanmasi hajmini 1,61 barobarga va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini 1,51 barobarga oshishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish