Ibragimov G‘ayrat Ablaqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agroxizmat korxonalari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar samaradorligini oshirish”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt143.
Ilmiy rahbar: Olim Murtazayev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Muhammadali Hakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agroxizmat korxonalari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “agroxizmat” tushunchasi mazmunining muhim farqli jihati gorizontal integrasiyada ishtirok etuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga ko‘rsatiluvchi hamda ulardagi ishlab chiqarish jarayonlarini uyg‘unlashtirishni ifodalovchi xizmatlar majmui nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
fermer xo‘jaliklariga agroxizmat ko‘rsatuvchi korxonalar (MTP va muqobil MTP, mineral o‘g‘itlar sotish shaxobchasi, suv iste’molchilari uyushmasi, zooveterinariya punktlari va boshqalar) tomonidan o‘zaro bog‘liq va ketma-ket holda ko‘rsatiluvchi “xizmat turlari paketi”ni yo‘lga qo‘yish orqali faoliyat samaradorligini oshirish taklifi asoslangan; 
hududdagi xo‘jalik sub’yektlari tomonidan ehtiyoj yuqori bo‘lgan, biroq nisbatan past iqtisodiy samarasi tufayli faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan xizmat turlarini fermer xo‘jaliklarning ixtiyoriy kooperasiyasi asosida tashkil etish hamda bosqichma-bosqich agroxizmat korxonasi tasarrufiga o‘tkazish taklifi asoslangan; 
Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklariga agroxizmatlar ko‘rsatish orqali paxta, g‘alla va sabzavot ishlab chiqarishda foyda hajmining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroxizmat korxonalari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra gorizontal integrasiyada ishtirok etuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga ko‘rsatiluvchi hamda ulardagi ishlab chiqarish jarayonlarini uyg‘unlashtirishni ifodalovchi xizmatlar majmui nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “agroxizmat” tushunchasining mazmunidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” nomli darslikda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/024-4578-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “agroxizmat” tushunchasi, agroxizmatlar bilan fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi faoliyat, agroxizmatga kiruvchi barcha xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlarning samaradorligi ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimi qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining amaliy faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini yaratgan;
fermer xo‘jaliklariga agroxizmat ko‘rsatuvchi korxonalar (MTP va muqobil MTP, mineral o‘g‘itlar sotish shaxobchasi, suv iste’molchilari uyushmasi, zooveterinariya punktlari va boshqalar) tomonidan o‘zaro bog‘liq va ketma-ket holda ko‘rsatiluvchi “xizmat turlari paketi”ni yo‘lga qo‘yish orqali faoliyat samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Hududlarda fermer xo‘jaliklariga agroxizmat ko‘rsatishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/024-4578-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kimyo xizmati, YoMM xizmati, texnika xizmatlari, suv ta’minoti xizmatlari qiymatlaridagi o‘zgarishlarning paxtachilik, g‘allachilik va sabzavotchilikdagi foyda hajmining o‘zgarishiga ta’siri darajalarini aniqlash imkonini bergan;
hududdagi xo‘jalik sub’yektlari tomonidan ehtiyoj yuqori bo‘lgan, biroq nisbatan past iqtisodiy samarasi tufayli faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan xizmat turlarini fermer xo‘jaliklarning ixtiyoriy kooperasiyasi asosida tashkil etish hamda bosqichma-bosqich agroxizmat korxonasi tasarrufiga o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Hududlarda fermer xo‘jaliklariga agroxizmat ko‘rsatishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/024-4578-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududdagi xo‘jalik sub’yektlari tomonidan nisbatan past iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan xizmat turlarini fermer xo‘jaliklarning ixtiyoriy kooperasiyasi asosida tashkil etish hamda bosqichma-bosqich agroxizmat korxonasi tasarrufiga o‘tkazish imkoni yaratilgan;
Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklariga agroxizmatlar ko‘rsatish orqali paxta, g‘alla va sabzavot ishlab chiqarishda foyda hajmining 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Hududlarda fermer xo‘jaliklariga agroxizmat ko‘rsatishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 02/024-4578-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida agroxizmatlar ko‘rsatishning foydadagi hissasi o‘rtacha 4,0 foizga to‘g‘ri kelgan aniqlanib, istiqbolda ishlab chiqarishni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan va ularni xizmat ko‘rsatish doirasiga qarab rivojlantirish istiqbollari aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish