Gulyamova Anora Latifovnanining
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bank faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsiyalardan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/295.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: “Aloqabank” ATB.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirishda innovatsiyalarning rolini baholash va uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida innovatsion faoliyatdan olinadigan samaradorlikni baholash uslubiyotni takomillashtirish orqali istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqishda ushbu koeffisientlardan samarali foydalanish taklif etilgan; 
tijorat bankning innovatsion xizmatlariga nisbatan kapital  va aktivlar  rentabelliklari darajasini baholash hamda umumiy bank tizimidagi o‘rtacha rentabellik darajasidan yuqori darajani ta’minlash orqali banklarda innovatsion xizmatlarining samaradorligini oshirish asoslangan;
banklarda o‘rnatilgan to‘lov terminallari, bankomatlar va infokiosklarni bankka foydasini maksimallashtirish prinsipi asosida joylashuvini ta’minlash orqali undan ko‘riladigan samaradorlikni yanada oshirish asoslangan; 
tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlarning masofadan foydalanuvchi bitta mijoziga to‘g‘ri keladigan ulush bo‘yicha bank samaradorligi oshirish taklif etilgan;
bank tomonidan muomalaga plastik kartalar chiqarish bilan bitta plastik karta bo‘yicha aylanma darajasining pasayib ketmasligi o‘rtasidagi mutonosiblikni ta’minlash orqali bankning innovatsion faoliyati samaradorligini oshirish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot jarayonida olingan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan:
tijorat banklarida innovatsion faoliyatdan olinadigan samaradorlikni baholash uslubiyotni takomillashtirish orqali istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqishda ushbu koeffisientlardan samarali foydalanishga doir taklifi ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son bayonnoma asosida ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan hamda XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son dalolatnomasi, XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son dalolatnomasi). Mazkur taklifda tijorat banklari bank tomonidan o‘rnatilgan to‘lov terminallar, bankomat va infokiosklar samaradorligi, bankning masofadan foydalanuvchi mijozlari samaradorligi hamda muomalaga chiqarilgan plastik kartadagi aylanmalar samaradorligi kabi ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan; 
tijorat bankning innovatsion xizmatlariga nisbatan kapital  va aktivlar  rentabelliklari darajasini baholash hamda umumiy bank tizimidagi o‘rtacha rentabellik darajasidan yuqori darajani ta’minlash orqali banklarda innovatsion xizmatlarining samaradorligini oshirishga doir taklifi ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son bayonnoma asosida ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan hamda XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son dalolatnomasi, XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish orqali ATB Turonbankda innovatsion xizmatlariga nisbatan kapital rentabelligi darajasi  umumiy bank tizimidagi o‘rtacha kapital rentabellik darajasidan 2020 yilda 54 f.p. va 2021 yilda 36 f.p.ga yuqoriligi ta’minlashga, shuningdek, bankning innovatsion xizmatlariga nisbatan aktivlar rentabelligi darajasi  umumiy bank tizimidagi o‘rtacha aktivlar rentabellik darajasidan 2020 yilda 05 f.p. va 2021 yilda 10 f.p.ga yuqori ta’minlashga erishilgan; 
banklar tomonidan o‘rnatilgan to‘lov terminallari, bankomatlar va infokiosklarni bankka foydasini maksimallashtirish prinsipi asosida joylashuvini ta’minlash orqali undan ko‘riladigan samaradorlikni yanada oshirishga doir taklifi ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son bayonnoma asosida ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan hamda XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son dalolatnomasi, XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son dalolatnomasi). Mazkur taklif asosida ATB Turonbankda o‘rnatilgan bir dona to‘lov terminallari, bankomatlar va infokiosklarga to‘g‘ri keladigan tushumlar samaradorligi 2020 yilda 160,22 mln.so‘m 2021 yilda 245,76 mln.so‘mni tashkil qilgan holda davlat ulushi mavjud bo‘lmagan banklarga nisbatan 20 foiz atrofida kam ekanligi aniqlangan va asoslab berilgan;
tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlarning masofadan foydalanuvchi bitta mijoziga to‘g‘ri keladigan ulush bo‘yicha bank samaradorligi oshirishga doir taklifi ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son bayonnoma asosida ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan hamda XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son dalolatnomasi, XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida ATB Turonbankda o‘rnatilgan to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlarning masofadan foydalanuvchi bitta mijoziga to‘g‘ri keladigan ulush 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 60,8 foizga ko‘paytirishga erishilgan;
bank tomonidan muomalaga plastik kartalar chiqarish bilan bitta plastik karta bo‘yicha aylanma darajasining pasayib ketmasligi o‘rtasidagi mutonosiblikni ta’minlash orqali bankning innovatsion faoliyati samaradorligini oshirishga doir taklifi ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son bayonnoma asosida ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan hamda XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son dalolatnomasi, XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish orqali ATB Turonbankda muomalaga chiqarilgan bitta plastik kartaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha aylanma miqdori 2021 yilda nominal ko‘rsatkichlarda 6,56 mln.so‘mga, 2017 yildagi narxlarga nisbatan real ko‘rsatkichlarda 4,08 mln.so‘mni tashkil qildi hamda 2020 yilga nisbatan nominal ko‘rsatkichlarda 70,4 foizga, real ko‘rsatkich-larda 55,1 foizga oshirishga erishilgan.
moliyaviy ekotizimni yaratish moliya-kredit tashkilotlarining raqobatbardoshligini va shu bilan birga mijoz uchun kurash usulini oshirish orqali bank samaradorligini yaxshilashga doir taklifi ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son bayonnoma asosida ATB Turonbank faoliyatiga joriy etilgan hamda XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son bayonnoma asosida XAT Trastbank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2022 yil 16 noyabrdagi 12/04-67-son dalolatnomasi, XAT Trastbankning 2022 yil 15 noyabrdagi 01/2-3572-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish orqali tijorat banklarida raqamli ekotizimning rivojlantirishi hamda bank xizmatlar axborot dasturlarining so‘nggi yillardagi asosiy tendensiyalardan biriga aylanishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish