Zaxidov Ulug‘bek Basitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zo‘rayib boruvchi miopiyada yuvenil glaukomani klinik tashxis mezonlari va davosi», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib55.
Ilmiy maslahatchi: Nabiev Abduvali Mirzaalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Erichev Valeriy Petrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shonnam National University Hospital International medical centre (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zo‘rayib boruvchi miopiyada yuvenil glaukomani birgalikda kechishida patogenetik va klinik xususiyatlarini erta tashxislashni optimallashtirish hamda davolashning samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z oldingi kamerasi burchagining disgenezi oqibatida ko‘z ichki bosmining oshishi, miopiya rivojlanishining birdan-bir patogentik omili bo‘lib, ko‘z olmasining kattalashuvi natijasida kechki gidrooftal`mning rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
zo‘rayib boruvchi miopiya va yuvenil glaukomaning birgalikda kechishida qon zardobida oksiprolin miqdorining oshganligi, ekstratsellyulyar matriksda kollagenlarning emirilish darajasi va etishmovchiligiga olib kelganligi asoslangan;
kollagen etishmovchilik o‘z navbatida ko‘z ichki bosmining oshishi va skleraning kengayishiga sharoit yaratishi isbotlangan;
zo‘rayib boruvchi miopiyada yuvenil glaukomani erta tashxislashda tushurish va yuklash sinamalarning ketma-ketlik tartibi ilmiy asoslangan;
ilk maratoba birgalikda kechuvchi patologiyalarda ekstratsellyulyar matriksda kollagenlarning emirilish darajasini kamaytiruvchi va miopik jarayonlarning turg‘unlashishini ta’minlovchi dori vositalarning turi isbotlangan;
zo‘rayib boruvchi miopiya natijasida rivojlangan yuvenil glaukomada o‘zaro murakkablashtiruvchi patogenetik omillar hisobiga patologik jarayonlar rivojlanishi mexanizmlarining baholash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zo‘rayib boruvchi miopiyada yuvenil glaukomani klinik tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Zo‘rayib boruvchi miopiyada glukomani bashoratlash usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 9 fevraldagi 8n-m/9-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma zo‘rayib boruvchi miopiyada glukomani bashoratlashda beshta asosiy va uchta yordamchi klinik va prognostik mezonlar ishlab chiqilib, glaukomani aniqlash va tahlikali guruhlarni shakllantirish va ularda kasallikni oldini olish bo‘yicha samarali davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
«Zo‘rayib boruvchi miopiyada glukomani mahalliy va umumiy davolash usuli» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 9 fevraldagi 8n-m/9-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma zo‘rayib boruvchi miopiyada glukomani mahalliy va umumiy davolash tartibini ishlab chiqish, glaukomani tashxislash va samarali davolash imkonini bergan;
«Kollengenstimulyasiya usulini zo‘rayib boruvchi miopiyali glukomada qo‘llash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 9 fevraldagi 8n-m/9-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma zo‘rayib boruvchi miopiyada glukomani davolashda kollengenstimulyasiya usulini qo‘llash tartibi va uning samaradorligini baholash imkonini bergan;
zo‘rayib boruvchi miopiyada yuvenil glukomani klinik tashxislash va davolashning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika klinik oftolmologik shifoxonasi, Toshkent hamda Samarqand viloyatlarining oftalmologik klinikalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 martdagi 8n-z/31-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi gipotenziv dori vositalaridan foydalanilganda zo‘rayib boruvchi miopiya fonida yuvenil glaukomada ko‘z ichki bosimining turg‘unligi 78,1%, glaukomaning xirurgik amaliyotidan 88,3% saqlanishi, konservativ davolash oqibatida miopiyaning zo‘rayishini 50,1%, jarrohlik amaliyotidan keyin esa 66,7%ga yaxshilanishini ta’minlash imkonini bergan.