Yovqacheva Zebo Meliqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Poetik matnda murojaatlarning semantik-funksional maqomi (A.Axmatova va M.Svetaeva poetik tili materialida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (rus tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil.333.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Hashimova Dildora O‘rinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi poetik matnda, xususan, A.Axmatova va M.Svetaeva lirikasida murojaatlarning semantik-funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murojaatlarning sintaktik va semantik-funksional maqomi hamda A.Axmatova va M.Svetaeva lirik asarlarida ularning verbalizatsiyasi, she’riy asarlardagi lirik qahramonlarning nutqida savol, tanbeh, buyruq, iltimos, iltijo, topshiriq, qasam kabi nutqiy aktlarni o‘z ichiga olgan murojaatlar mavzuiy maydonlari ochib berilgan;  
A.Axmatova va M.Svetaeva asarlari tahliliga kommunikativ-pragmatik yondashuv asosida shoiralarning lirik qahramonlari nutqiy harakatlarining o‘ziga xos jihatlari hamda lirikada kommunikativ va pragmatik aspektda muallifning o‘ziga, sevgilisiga, real suhbatdoshlarga yo‘naltirilgan savollar tipologiyasi aniqlangan;
A.Axmatova va M.Svetaeva lirik qahramonlari nutqiy harakatlari va dunyoqarashi ifodasining lisoniy va nolisoniy usullari ularning verbal ( qasam, uchrashuv, qadaxso‘z, minnatdorlik) va noverbal (o‘ziga yoki o‘zidan yo‘nalgan qo‘l harakatlari, yopiqlik, begonasirash) harakatlarini tasniflash orqali aniqlangan; 
A.Axmatova va M.Svetaeva lirik qaxramonlari nutqiy harakatlarining o‘zaro bog‘liqligi va dunyoni nostandart tarzda idrok etishining statistik natijalari asosida A.Axmatova va M.Svetaeva lirik qaxramonlari nutq harakatlarining o‘zaro bog‘liqligi shoiralar asarlarida murojaatlardan foydalanishning universal xususiyatlarini aniqlash orqali isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A. Axmatova va M. Svetaeva poetik matnlaridagi murojaatlarning semantik-funksional maqomini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
murojaatlarning sintaktik va semantik-funksional maqomi hamda A.Axmatova va M.Svetaeva lirik asarlarida ularning verbalizatsiyasi, she’riy asarlardagi lirik qahramonlarning nutqida savol, tanbeh, buyruq, iltimos, iltijo, topshiriq, qasam kabi nutqiy aktlarni o‘z ichiga olgan murojaatlar mavzuiy maydonlari  bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan 561624 - raqamli EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CHBE-SP-ERASMUS-CHBE IMEP «O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiya va demokratlashtirish» innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 15 iyuldagi 1763/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, leksikologiya va grammatika sohasidagi bilimlarini oshirish, ularning lingvistik va madaniy bilimlarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim tizimini yanada modernizatsiya qilish va demokratlashtirish maqsadida innovatsion tadqiqot loyihasi asosida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
A.Axmatova va M.Svetaeva asarlari tahliliga kommunikativ-pragmatik yondashuv asosida shoiralarning lirik qahramonlari nutqiy harakatlarining o‘ziga xos jihatlari hamda kommunikativ va pragmatik aspektda lirikada o‘ziga, sevgilisiga, real suhbatdoshlarga yo‘naltirilgan savollar tipologiyasi bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston jahon tillari universiteti «Zamonaviy rus tili. Sintaksis» fani (5111300 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda),  Jizzax davlat pedagogika universiteti “Zamonaviy rus tilini o‘qitish, sintaksis” fani (5111300 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda) yo‘nalishi o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 89041627-son ma’lumotnomasi). Natijada murojaatlarning sintaktik maqomi, ularning turlari, shakllari va ifoda yo‘sinlarini, gap va nutqda murojaatlarning voqelanishini o‘rganishga qaratilgan o‘quv jarayonining takomillashuviga erishilgan; 
A.Axmatova va M. Svetaeva lirik qahramonlari nutqiy harakatlari va dunyoqarashi ifodasining lisoniy va nolisoniy usullari ularning verbal ( qasam, uchrashuv, qadaxso‘z, minnatdorlik) va noverbal (o‘ziga yoki o‘zidan yo‘nalgan qo‘l harakatlari, yopiqlik, begonasirash) harakatlarini tasniflashga oid materiallardan, shuningdek A.Axmatova va M.Svetaeva lirik qaxramonlari nutqiy harakatlarining o‘zaro bog‘liqligi va dunyoni nostandart tarzda idrok etishining statistik natijalari asosida A.Axmatova va M.Svetaeva lirik qaxramonlari nutq harakatlarining o‘zaro bog‘liqligiga oid natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Baynalmilal adabiyot kengashi yig‘ilishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 4 avgustdagi 01-03/971-son ma’lumotnomasi). Natijada A. Axmatova va M. Svetaeva lirik personajlari xarakterini yanada kengroq ochib berishga, tinglovchilarning harakatlarni lisoniy va nolisoniy ifodalash vositalari, shoiralar lirik qahramonlarining dunyoqarashini anglash, lirik qahramonlar nutqiy aktlari bog‘liqligi va mualliflarning nostandart dunyoqarashi borasidagi bilimlarining kengaytirishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish