Alidjanova Lazizaxon Abbasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xristian va islom manbalarida tibbiy masalalarning e’tiqodiy-ijtimoiy asoslari”, 07.00.04 – Dinshunoslik (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal430.
Ilmiy rahbar: Muhamedov Ne’matulla Asatullayevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Madayeva Shahnoza Amanullayevna, falsafa fanlari doktori, professor; Komilov Davron Zafarovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xristian va islom manbalarida tibbiy masalalarning e’tiqodiy-ijtimoiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qur’on oyatlari (6 ta oyat) va hadislarda (143 ta hadis) ovqatlanish odobi (اداب الطعام), gigiyena (النظافة) va inson salomatligi (الطب) bilan bog‘liq tibbiy-ruhiy masalalarga oid ko‘rsatmalar musulmon sharqida VIII asrdayoq valiologiya sohasining shakllanishiga sabab bo‘lgani dalillangan;
IX-XII asrlar Vizantiya xristianlik imperiyasining sharqiy qismi avliyo-ruhoniylarining (svyatie, svyatiteli, mucheniki) monastirlar qoshidagi shifoxonalarda (xenodocheion) ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun xayriya tashkilotlarini tuzishlari pravoslavlikda (orthodoxy) ilk ijtimoiy ta’minot tizimiga asos bo‘lgani isbotlangan;
707-yilda Umaviylar xalifaligida tashkil topgan ilk “shifoxona”da (دار الجزم دار الشفاء، بيمارستان،) nafaqat jismni davolash, balki tibbiy-ruhiy amaliyotlarning o‘tkazilganligi “tibbul jism” (طب الجسم) va “tibbul qulub” (طب القلوب) nuqtai nazaridan yaxlit yondashuv metodikasi shakllangani dalillangan;
o‘rta asr musulmon jamiyatlari shifoxonalari monastir qoshidagi kasalxonalardan farqli ravishda, e’tiqodiy mansubligidan qat’i nazar barcha bemorlar qabul qilinganligi islomning bag‘rikenglik (التسامح) va insonparvarlik (البشرية) g‘oyalariga asoslanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xristian va islom manbalarida tibbiy masalalarning e’tiqodiy-ijtimoiy asoslarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Qur’on oyatlari (6 ta oyat) va hadislarda (143 ta hadis) ovqatlanish odobi (اداب الطعام), gigiyena (النظافة) va inson salomatligi (الطب) bilan bog‘liq tibbiy-ruhiy masalalarga oid ko‘rsatmalar musulmon sharqida VIII asrdayoq valiologiya sohasining shakllanishiga sabab bo‘lgani dalillanganiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligidagi “Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi” loyihasi yo‘l xaritasining 69-moddasiga singdirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 10-noyabrdagi 06/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar soha xodimlarida din va tibbiyot munosabatlariga oid tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
IX-XII asrlar Vizantiya xristianlik imperiyasining sharqiy qismi avliyo-ruhoniylarining (svyatie, svyatiteli, mucheniki) monastirlar qoshidagi shifoxonalarda (xenodocheion) ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun xayriya tashkilotlarini tuzishlari pravoslavlikda (orthodoxy) ilk ijtimoiy ta’minot tizimiga asos bo‘lgani isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan FZ-202002145 “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022-yil 15-dekabrdagi 02-03-9490-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar o‘quvchi va talabalarda xristianlik va islom manbalarida tibbiyotga doir tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
707-yilda Umaviylar xalifaligida tashkil topgan ilk “shifoxona”da (دار الجزم دار الشفاء، بيمارستان،) nafaqat jismni davolash, balki tibbiy-ruhiy amaliyotlarning o‘tkazilganligi “tibbul jism” (طب الجسم) va “tibbul qulub” (طب القلوب) nuqtai nazaridan yaxlit yondashuv metodikasi shakllangani dalillangani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining granti doirasida chop etilgan “Sharq va G‘arb nodir asarlar jamlamasi” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining 2022-yil 14-noyabrdagi 848-son ma’lumotnomasi). Natijada, Movarounnahrdagi tibbiyot maskanlari faoliyati va tarixini kengroq ochib berishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Dissertatsiya ishida o‘rta asr musulmon jamiyatlari shifoxonalari monastir qoshidagi kasalxonalardan farqli ravishda, e’tiqodiy mansubligidan qat’i nazar barcha bemorlar qabul qilinganligi islomning bag‘rikenglik (التسامح) va insonparvarlik (البشرية) g‘oyalariga asoslanishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” kitob-albomining “Islom” qisminining mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 23-sentyabrdagi 02/473-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tibbul qulub” hamda “Tibbul jasad” tushunchalarining manbalarda aks etishi, ularning mohiyati haqida keng bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan.