Xudoyberganova Gulnora Nasirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xristianlik va islomda asketik qarashlar tarixi va evolyusiyasi qiyosiy tahlili”, 07.00.04 – Dinshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar688.
Ilmiy rahbar:Usmanov Ibrohim Sabirovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Munavvarov Zohidulla Inomxodjayevich, siyosiy fanlar doktori, professor; Yuldashxodjayev Haydar Hoshimxonovich, tarix fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xristianlik va islomda asketik qarashlarning evolyusiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xristianlikda asketizm(yun. asketes) o‘z evolyusiyasi davomida amaliy (uzlat, oila qurmaslik, moddiy ne’matlardan voz kechish va boshqa), nazariy (manbalar, monaxlik nizomlari, asketik ta’limotlar shakllanishi) bosqichlaridan o‘tib, keyingi institutlashuv jarayonidauzviy hamohang bo‘lgan monastirizm (yun. monachos)ga transformasiya qilganligi ochib berilgan;
zuhd (الزهد – qalbni dunyoga moyillikdan xoli qilish) tasavvufning dastlabki bosqichi bo‘lib, uning bosh manbalari Qur’on, sunnat hamda “Kitab az-zuhd” (كتاب الزهد) turkumidagi asarlar ekani dalillangan;
monaxlik institutining rivojlanib, tizimlashishiga to‘rt bosqich asos bo‘lganiisbotlangan: 1) cherkovdan ajralmagan va tizimlashmagan asketlik hayoti; 2) anaxoretlik (lot. anchorite – sahroyi) hayoti; 3) monastirizmning shakllanishi, kinovit (yun. koinobion), lavra(yun.lavra) monastirlarining paydo bo‘lishi; 4) monastir nizomlari va monaxlik ordenlari joriy etilishi;
ilk islom davrida alohida maslakni anglatgan “zuhd” IX-X asrlarga kelibtasavvufdagi “maqom”larning birisifatida qabul qilina boshlagani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xristianlik va islomda asketik qarashlar tarixi va evolyusiyasi qiyosiy tahlili” mavzusida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
xristianlikda ilk asketik maktab – monaxlik IV asrda Misrda avliyo Antoniy tomonidan shakllantirilishi natijasida xristianlikdagi asketik amaliyotlarning monastrizm institutiga transformasiyasi hamda islomdagi asketizm (zuhd)ga oid qarashlar tizimlashib borishi natijasida VII asrda Iroq, Kufa, Basra, Madina, Movarounnahr zuhd maktablari yuzaga kelishi va tasavvufda vara’ (الورع), zuhd (الزهد), taqvo (التقوى) tushunchalari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar “Dunyo dinlari tarixi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i). Natijada, bu talabalarda “Dunyo dinlari tarixi” hamda “Diniy an’ana va marosimlar” fanlari doirasidagi mavzular bo‘yicha tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
xristianlikdagi asketizmning asosi xristianlik diniy manbalaridan – “Injil” hamda “Havoriylar maktublari”, shuningdek havoriylar faoliyati ham ta’sir doirasiga ega bo‘lgani, islomdagi asketik qarash va amaliyotlar asosi islomning asosiy manbalari Qur’oni karim va hadislarga tayangani oyat va hadislar misolida isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan FZ-202002145 “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish grant materiallarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 9 noyabrdagi 02-03//27-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar o‘quvchi va talabalarda xristianlik va islom manbalarida asketizm doir tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
islomda asketizm (zuhd)ning rivojiga payg‘ambar (a.s.) hadislari va sahoba hamda tobeiylar hayotlari namuna vazifasini bajargani, zuhd (الزهد) ga oid qarashlar tizimlashib borishi natijasida VII asrda Iroq, Kufa, Basra, Madina, Movarounnahr zuhd maktablari yuzaga kelishi va tasavvufda vara’ (الورع), zuhd (الزهد), taqvo (التقوى) tushunchalari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgani, IX-X asrlarda “zuhd” atamasi asta-sekin sufiylikdagi “manzil”lar qatoridan joy olib borgani, ilk sufiylar “zuhd”ning boshqa “maskan”lar ichra o‘rni haqida turlicha qarashlarni ilgari surgan bo‘lsalarda, ularning barchasi “zuhd”ni “Yo‘lning boshiga” aloqador deb bilganlari, buni islom ilohiyoshunosligining o‘ziga xos tizimlashtirish davri sifatida berilgan xulosalarda uslub va yondashuvlar to‘g‘risidagi nazariy va amaliy xulosalar O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi tomonidan tayyorlangan “Islom sivilizatsiyasi” qomusiy lug‘atini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 22 noyabrdagi 867-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastlabki zohidlik maktablari faoliyati va tarixini kengroq ochib berishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘rta asrlarda islomda zuhd (الزهد) mavzusiga oid adabiyotlarning tizimlashuvi, jumladan, ilk hadis to‘plamlarida ham zuhd mavzusiga alohida e’tibor berilgani, o‘rta asrlarda Zaida ibn Qudama al-Kufiy (vaf.160/782), Abdulloh ibn al-Muborak al-Xanzaliy al-Marvaziy (vaf. 181/803), Imom al-Ma’ofiy ibn Imron al-Mavsiliy (vaf. 185/807) Fuzayl ibn Iyoz (vaf.187/809) kabi tasavvuf ulamolari tomonidanta’lif adabiyotlarning shakllanishiga doir ilmiy-nazariy xulosalar “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 23 noyabrdagi 02647-son ma’lumotnomasi). Natijada, islomda zuhd va tasavvuf haqidagi yondashuvlar, mazkur tushunchalarning manbalarda aks etishi, ularning mohiyati haqida keng bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan.