Abdupattayev Mumin Mirzo Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy ilmiy merosida dinlar tasnifining o‘ziga xos jihatlari”. 07.00.04 – Dinshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1059.
Ilmiy rahbar: Alimova Mahfuza Faxrudinovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Ahadjon Axmedjanovich, tarix fanlari doktori, professor; Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy ilmiy merosida dinlar tasnifining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning e’tiqodlarni “ahl al-diyonot va-l-milal” (أهل الديانات و الملل – diyonat va millat ahli) va “ahl al-ahva va-n-nihal” (أهل الأهواء و النحل – bid’at va firqalar ahli)ga ajratish usuli musulmon qiyosiy dinshunosligi sohasida dinlarning aqidalariga nisbatan tolerantlik asosida xolis tasniflashdagi ilk yondashuv bo‘lgani isbotlangan;
olim Abul Maoliy va Ibn Hazm kabi XI asr mashhur ulamolaridan farqli ravishda majusiylarning muqaddas manbalarida Tavrot va Injil kabi Ilohiy kitoblarning asosini tashkil etuvchi aqidalar (العقائد) bo‘lmagani uchun ularni “ahli kitobligida shubha borlar” (من له شبهة كتاب) deb nomlab, alohida tasnifni joriy etgani isbotlangan;
alloma islomdagi 73 firqa o‘rtasidagi aqidaviy ixtiloflardan kelib chiqqan holda ularni to‘rt guruh – “sifatlar va tavhid” (الصفات و التوحيد), “taqdir va adolat” (القدر و العدل), “va’da, jazo, ismlar va hukmlar” (الوعد، و الوعيد، و الأسماء، و الأحكام), “vahiy, aql, payg‘ambarlik va imomat” (السمع، و العقل، و الرسالة، و الإمامة)ga ajratish orqali oqim va firqalarni tizimlashtirishda e’tiqodiy tasnifni ishlab chiqqani aniqlangan;
olim “Mafotih al-asror va masobih al-abror” tafsirida Tavrot matnlaridan foydalangan holda Baqara surasi 248-oyatidagi “tobut” (التابوت) yahudiylarning “Ahd sandig‘i” (Aron xa-brit, אֲרוֹן הַבְּרִית – Muso payg‘ambarning kiyimlari, hassasi va Tavrot matnlari saqlangan sandiq) ekanini izohlash orqali Qur’on oyatlarini sharhlashda noan’anaviy bo‘lgan usulni qo‘llagani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy ilmiy merosida dinlar tasnifining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning e’tiqodlarni “ahl al-diyonot va-l-milal” (أهل الديانات و الملل – diyonat va millat ahli) va “ahl al-ahva va-n-nihal” (أهل الأهواء و النحل – bid’at va firqalar ahli)ga ajratish usuli musulmon qiyosiy dinshunosligi sohasida dinlarning aqidalariga nisbatan tolerantlik asosida xolis tasniflashdagi ilk yondashuv bo‘lgani isbotlanganiga doir xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 9 dekabrdagi 02/693-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta asr musulmon dinshunos olimlarning qiyosiy dinshunoslik sohasi nazariyalari shakllanishidagi o‘rni va xizmatlari haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka yetib borishiga xizmat qilgan;
olim Abul Maoliy va Ibn Hazm kabi XI asr mashhur ulamolaridan farqli ravishda majusiylarning muqaddas manbalarida Tavrot va Injil kabi Ilohiy kitoblarning asosini tashkil etuvchi aqidalar (العقائد) bo‘lmagani uchun ularni “ahli kitobligida shubha borlar” (من له شبهة كتاب) deb nomlab, alohida tasnifni joriy etgani isbotlanganiga doir xulosalar O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Buyuk yurt allomalari” nomli kitob mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 20 dekabrdagi 01-07/194-son ma’lumotnomasi). Natijada, kitobxonlar alloma asarlarining qiyosiy tahliliga oid yangiliklar, ularning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirilgan va bilimlari oshishiga manbaviy asos bo‘lib xizmat qilishga erishilgan;
alloma islomdagi 73 firqa o‘rtasidagi aqidaviy ixtiloflardan kelib alloma islomdagi 73 firqa o‘rtasidagi aqidaviy ixtiloflardan kelib chiqqan holda ularni to‘rt guruh – “sifatlar va tavhid” (الصفات و التوحيد), “taqdir va adolat” (القدر و العدل), “va’da, jazo, ismlar va hukmlar” (الوعد، و الوعيد، و الأسماء، و الأحكام), “vahiy, aql, payg‘ambarlik va imomat” (السمع، و العقل، و الرسالة، و الإمامة)ga ajratish orqali oqim va firqalarni tizimlashtirishda e’tiqodiy tasnifni ishlab chiqqani aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi tinglovchilari uchun o‘qitilayotgan “Islom tarixidagi g‘oyaviy ixtiloflar: oqimlar va firqalar” moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 9 dekabrdagi 02-03/9328-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abdulkarim Shahristoniy ishlab chiqqan “to‘rt tasnif” asosida islomdagi firqalar ta’limotlarini yoritish muhim ekani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tinglovchilarning bilimi oshishiga xizmat qilgan;
olim “Mafotih al-asror va masobih al-abror” tafsirida Tavrot matnlaridan foydalangan holda Baqara surasi 248-oyatidagi “tobut” (التابوت) yahudiylarning “Ahd sandig‘i” (“Aron xa-brit”, אֲרוֹן הַבְּרִית – Muso payg‘ambarning kiyimlari, asosi va Tavrot matnlari saqlangan sandiq) ekanini izohlash orqali Qur’on oyatlarini sharhlashda noan’anaviy bo‘lgan usulni qo‘llagani dalillanganiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekistondagi islom sivilizasiyasining buyurtma asosida tayyorlangan “Islom sivilizasiyasi” qomusiy lug‘atida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining 2022 yil 9 dekabrdagi 932-son ma’lumotnomasi). Natijada, olimning oyatlarni tafsir qilishdagi uslublari ilmiy jamoatchilikkka tanishtirilgan.