Gafurov Farxod Rashidovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida  e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Valyuta qimmatliklarini noqonuniy olib chiqib ketilishiga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv tadbirlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu502.
Ilmiy rahbar: Karimov Vaxabjan, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, DSc.31/31.01.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasidan valyuta qimmatliklarini noqonuniy olib chiqib ketilishiga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv tadbirlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
naqd valyuta pul mablag‘larini chegara hududlar orqali noqonuniy ravishda olib chiqib ketilishini oldini olish bo‘yicha chegaraoldi hududlarda nazorat tekshiruv va profilaktik targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishni faollashtirishga oid vazifalarni belgilash, bojxona organlari tizimida vaqtincha saqlash hibsxonalarini tashkil etish zarurati asoslantirilgan; 
tezkor-qidiruv faoliyati sohasida qo‘llaniladigan tushunchalarni huquqiy mustahkamlash, prokuror sanksiyasi asosida o‘tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlarini sud sanksiyasi asosida o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning o‘zaro hamkorlik shakllarini belgilab berish, yangi tezkor-qidiruv tadbirlarini joriy etish zarurati asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv muddatini to‘xtatib turish tartibi va asoslarini joriy etish, aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlarining xizmat vazifalarini maqsadga muvofiq taqsimlash asoslantirilgan;
davlat bojxona organlari xodimlari tomonidan, valyuta pul mablag‘larini noqonuniy ravishda xorijiy davlatlarga olib chiqib ketishga urinish holatlari aniqlanganda, mazkur holat yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi chiqqandan so‘ng, ashyoviy dalil sifatida olingan valyuta pul mablag‘larining 1% miqdorida huquqbuzarlik holatini aniqlagan bojxona xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Valyuta qimmatliklarini noqonuniy olib chiqib ketilishiga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv tadbirlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish mavzusidagi ilmiy ishning natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
naqd valyuta pul mablag‘larini chegara hududlar orqali noqonuniy ravishda olib chiqib ketilishini oldini olish bo‘yicha chegaraoldi hududlarda nazorat tekshiruv va profilaktik targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishni faollashtirishga oid vazifalarni belgilash, bojxona organlari tizimida vaqtincha saqlash hibsxonalarini tashkil etish zarurati asoslantirilganligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga ko‘maklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-son qarorining 7-bandini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 iyuldagi dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi chegaraoldi hududlarida “Chegara posbonlari” otryadlarining faoliyatini kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilgan; 
O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida tezkor-qidiruv faoliyati sohasida qo‘llaniladigan tushunchalarni kiritish, Qonunning 14-moddasida “tezkor kiritishga asoslangan niqoblangan operatsiya” va “tezkor tahlil” nomli yangi tezkor-qidiruv tadbirlarini joriy etish, 16-moddasida tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda prokuror sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yiladigan tezkor-qidiruv tadbirlarini sud ajrimi asosida o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish, 28-moddasiga esa qo‘shimcha ravishda “Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida idoralararo hamkorlik” nomli 282-moddani kiritib, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o‘rtasida hamkorlik shakllarini belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 12 dekabrdagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini va tezkor-qidiruv tadbirlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv muddatini to‘xtatib turish tartibi va asoslarini joriy etish, aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshirishda bojxona organlari xodimlarining xizmat vazifalarini maqsadga muvofiq taqsimlash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha kiritish uchun inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 12 dekabrdagi dalolatnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
davlat bojxona organlari xodimlari tomonidan, valyuta pul mablag‘larini noqonuniy ravishda xorijiy davlatlarga olib chiqib ketishga urinish holatlari aniqlanganda, mazkur holat yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi chiqqandan so‘ng, ashyoviy dalil sifatida olingan valyuta pul mablag‘larining 1 % miqdorida huquqbuzarlik holatini aniqlagan bojxona xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 5 maydagi ““O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-son farmoni ijrosi to‘g‘risida”gi 101-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 26 apreldagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi valyuta qimmatliklarini noqonuniy olib chiqib ketilishiga qarshi kurashishning tashkiliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish