Gafurova Sevara Alisherovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konsullik himoyasini amalga oshirishning xalqaro-huquqiy jihatlari”, 12.00.10 - Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Yu112.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamedov Isa Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlar doktori; Rahmonqulova Nilufar Xoji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chet davlatlardagi fuqarolar huquqlarining konsullik himoyasi instituti mohiyati va uning amaliy jihatlarini tarixiylik asosida ochib berish, konsullik himoyasini amalga oshirishda yangicha yondashuvlar, zamonaviy shart-sharoitlarda konsullik amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
zamonaviy konsullik faoliyatidagi oid norma ijodkorligi jarayonlariga va huquqni qo‘llash amaliyotiga oid hujjatlar ishlab chiqishda fuqarolarning bevosita ishtirok etishiga oid normalarning kiritilishi va uning prinsiplari asoslab berilgan;
konsullik himoyasining xalqaro huquqning jadal rivojlanib borayotgan institut va tarmoqlari – kiber huquq, shaxsga oid ma’lumotlar xavfsizligi huquqi kabilar qatordagi ahamiyati va o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-huquqiy asoslar yaratish zarurati asoslab berilgan;
raqamli xalqaro munosabalar vositalari va yuqori informatsion texnologiyalardan unumli foydalanish orqali chet davlatlardagi fuqarolar huquqlari himoyasini ta’minlashga oid normalar joriy etilishi konsullik himoyasining tezkorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
konsullik himoyasi instituti amaliyotida “konsullik diplomatiyasi” yangicha yondashuv sifatida ilgari surilib, ilmiy asoslab berilgan;
chet davlatlardagi fuqarolar huquqlarini himoya qilish jarayonida konsullarning o‘zlari qanday huquqiy himoyaga muhtoj ekanliklari borasidagi muammolar ochib berilib, ularni bartaraf etishga oid takliflar berilgan;
vatandoshlar bilan ishlash va mehnat migrantlari masalasi konsullik himoyasi institutining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konsullik himoyasini amalga oshirishning xalqaro-huquqiy jihatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanildi:
zamonaviy konsullik faoliyatidagi oid norma ijodkorligi jarayonlariga va huquqni qo‘llash amaliyotiga oid hujjatlar ishlab chiqishda fuqarolarning bevosita ishtirok etishiga oid normalarning kiritilishi va uning prinsiplarini ishlab chiqish haqidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi Faxriy konsuli faoliyatini tashkil etish va xorijiy davlatning O‘zbekiston Respublikasidagi Faxriy konsuli nomzodini kelishish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”si (Mazkur hujjat 2021-yil 21-yanvarda TIV buyrug‘i asosida tasdiqlangan), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 201-sonli Qarori bilan tasdiqlangan) loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur taklif konsullik tizimidagi huquqiy hujjatlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda mohiyatan boyitilishiga xizmat qilgan;
konsullik himoyasining xalqaro huquqning jadal rivojlanib borayotgan institut va tarmoqlari – kiber huquq, shaxsga oid ma’lumotlar xavfsizligi huquqi kabilar bilan o‘zaro mutanosibligi haqidagi takliflari “2022–2023-yillarga mo‘ljallangan Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo-davlatlarining xalqaro axborot xavfsizligi ta’minlash bo‘yicha o‘zaro harakatlar Rejasi” 2.1- va 10-bandlarida o‘z aksini topgan (ShHT masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatorining 2022-yil 12-maydagi 15/16185-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida ikki tomonlama konsullik konvensiyalarini jadallashtirish hamda mazkur yo‘nalishda ham BMT Xalqaro huquq komissiyasi hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida hamkorlikda ishlash kabi amaliy ish rejalar shakllantirilgan;
raqamli xalqaro munosatbalar vositalari va yuqori informatsion texnologiyalardan unumli foydalanish orqali chet davlatlardagi fuqarolar huquqlari himoyasini ta’minlashga oid normalar joriy etilishi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida va xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 19-apreldagi 04-04/5310-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar natijasida konsullik amaliyotida fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatishda tezkorlikni ta’minlashga erishilgan;
konsullik himoyasi instituti amaliyotida “konsullik diplomatiyasi” yangicha yondashuv sifatida ilgari surilgan bo‘lib, uning natijalari O‘zbekistonning Pol’shadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi tomonidan amaliyotga tadbiq etishda va Ukraina voqealari ta’sirida yuzaga kelgan vaziyat taqozosi bilan boshqa konsullik muassasalarida, xususan, Ukraina, Moldova, Rostov na-Donu, Moskva konsullik muassasalari faoliyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 19-apreldagi 04-04/5310-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif o‘zbek konsullik diplomatiyasining tezkorligi va natijadorligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
chet davlatlardagi fuqarolar huquqlarini himoya qilish jarayonida konsullarning o‘zlari qanday huquqiy himoyaga muhtoj ekanliklari borasidagi muammolar ochib berilib, ularni bartaraf etishga oid takliflar konsullar tomonidan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirilishi jarayonidagi muammolar, axborot almashishda ushbu axborotlarga xakkerlik xujumlari ehtimoli kabilardan himoyalanishlari yuzasidan tegishli yo‘riqnomalar ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 19-apreldagi 04-04/5310-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif konsullarga xizmat vazifalaridan foydalanishdagi aniq huquqiy kafolatlar tizimli ravishda joriy etilishiga xizmat qilgan;
vatandoshlar bilan ishlash va mehnat migrantlari masalasi konsullik himoyasi institutining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatidagi taklif 2019-yilda qabul qilingan Konsullik Ustaviga kiritilishi to‘g‘risidagi taklifi ko‘rib chiqish uchun qabul hamda Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti tarkibida vatandoshlar bilan ishlash va migratsiya masalalariga yo‘naltirilgan bo‘limlarning faoliyatiga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2022-yil 23-noyabrdagi 04/3-2022-mj-10139-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 19-apreldagi 04-04/5310-son ma’lumotnomasi).Ushbu taklif konsullarning vatandoshlar bilan ishlash va migratsiya masalalarida qator ijobiy ko‘rsatkichlarga erishishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish