Raxmatullaev Botirjon Abdulxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida kapitallar tarkibini optimallashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2585.
Ilmiy rahbar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy islohotlarni hozirgi sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida kapitallar tarkibini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «tranzaksion xarajatlar», «kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati», «moliyaviy dastak» va «institusional cheklov» tushunchalariga kengaytirilgan hamda kapital qiymatini baholash mazmuniga ustunlik berilgan yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;  
moliyaviy mustaqillik koeffisientini mo‘’tadil darajasini ta’minlashda ichki moliyaviy zaxiralarning to‘planish darajasi va barqaror passivlarni oshirish orqali kapital tarkibini optimallashtirish taklifi asoslangan;  
aksiyadorlik jamiyatlarida aktivlar va passivlarni muvozanatlashgan boshqarish tizimida moliyaviy ekpluatatsion ehtiyojlardan ortiqcha resurslarni qisqartirish hisobiga joriy majburiyatlarni restrukturizatsiyalash taklifi asoslangan;
kapital tarkibini optimallashtirish hisobiga sof foydani oshirish imkoniyatlarini namoyon etuvchi istiqbolli ssenariy variantlari asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida kapitallar tarkibini optimallashtirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «tranzaksion xarajatlar», «kapitalning o‘rtacha tortilgan qiymati», «moliyaviy dastak» va «institusional cheklov» tushunchalariga kengaytirilgan hamda kapital qiymatini baholash mazmuniga ustunlik berilgan yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan mualliflik ta’riflari bo‘yicha taklif 60410200 - Soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishlari uchun «Soliqqa tortish tamoyillari» fani darsligida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356/7-297-son buyruq). Natijada kapitallar tarkibini shakllantirishga doir asosiy atamalar tavsifining ochib berilishi talabalarda nazariy  bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish imkoniyatini yaratgan;
moliyaviy mustaqillik koeffisientini mo‘’tadil darajasini ta’minlashda ichki moliyaviy zaxiralarning to‘planish darajasi va barqaror passivlarni oshirish orqali kapital tarkibini optimallashtirish taklifi “Toshloq paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyati kapital tarkibini takomillashtirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Toshloq paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 20 yanvardagi 01-son ma’lumotnomasi). Natijada investision strategiyasini samarali realizatsiya qilish maqsadida jami kapitaldagi joriy majburiyatlar hajmini 12 %ga qisqartirish orqali, EBIT ko‘rsaktkichni foizlar hisobiga iqtisod qilish orqali sof foyda normasini maksimal darajasini va 2021 yilda xususiy kapital rentabelligi 3,7 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida aktivlar va passivlarni muvozanatlashgan boshqarish tizimida moliyaviy ekpluatatsion ehtiyojlardan ortiqcha resurslarni qisqartirish hisobiga joriy majburiyatlarni restrukturizatsiyalash bo‘yicha taklifi “Toshloq paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyati kapital tarkibini takomillashtirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Toshloq paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 20 yanvardagi 01-son ma’lumotnomasi). Natijada barqaror passivlarni kapitallar tarkibidagi ulushini oshirishda uzoq muddatli korporativ obligatsion zayomlarni emissiya qilish bo‘yicha moliyalashtirish strategiyasini rivojlantirish va majburiyatlar tarkibida joriy majburiyatlarni 9,3 %ga qisqartirilishi natijasida to‘lov qobiliyati pozisiyasini mustahkamlash imkoni yaratilgan;
kapital tarkibini optimallashtirish hisobiga sof foydani oshirish imkoniyatlarini namoyon etuvchi istiqbolli ssenariy variantlari asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari taklifi “Toshloq paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Aksiyadorlik jamiyati kapital tarkibini takomillashtirish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Toshloq paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 20 yanvardagi 01-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini kapitalida xususiy kapitalni ulushi hamda qarz kapitalini ulushini aniqlash, shuningdek qarz va xususiy kapital nisbatlarini hisoblash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish