Sattarov Ravshan Alimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Viloyatlararo ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt845.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Tursun Muxitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mahmudov Mirabbos Fazliddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mintaqalararo ijtimoiy–iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysida kooperatsiya asosida elektrotexnika (Xonobod sh., Shahrixon, Marhamat, Dang‘ara tumanlari), qurilish materiallari sanoati (Quvasoy sh., Buloqboshi, Chust tumanlari), charm-poyabzal (Marg‘ilon sh., Uychi, Baliqchi tumanlari) mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «o‘sish nuqtalari» va «drayver sohalari»ni shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;
vodiy viloyatlari aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Mingbuloq, Bo‘ston, So‘x tumanlarini sabzavotchilikka, Ulug‘nor, Mingbuloq va Uchqo‘rg‘on tumanlarini baliqchilikka, Buloqboshi, Jalaquduq, Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Chortoq, Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarini asalarichilikka ixtisoslashtirishga oid takliflar asoslangan;
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yuqori salohiyatli investorlarning pul mablag‘larini sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohalari, infratuzilmani rivojlantirish uchun istiqbolli biznes-loyihalarga, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining aylanma kapitalini moliyalashtirishga sarflash uchun shakllantirish va jamlash faoliyatini amalga oshiradigan investisiya kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda ushbu viloyatlarda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish va uning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha 2030 yilgacha qadar prognoz hisob-kitoblari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Viloyatlararo ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mamlakatimizda, jumladan Farg‘ona vodiysi viloyatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida qo‘shni mintaqalar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik darajasini baholash uslubiyoti Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan viloyatga tovarlarni olib kirish va olib chiqish hajmlari, boshqa hududlar bilan o‘zaro kooperatsiya, mehnat bozori va infratuzilma ob’ektlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2022 yil 23 iyundagi 06-06/4778 - son ma’lumotnomasi). Namangan viloyati hokimligi tomonidan qo‘shni viloyatlar bilan kooperatsion jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tayyorlashda ishlatilgan (Namangan viloyati hokimligining 2022 yil 14 maydagi 02/10-1818 - son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiyotni amaliyotda qo‘llash hududlarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida o‘zaro manfaatli kooperatsion aloqalarni tashkil qilish, transport xarajatlarini keskin kamaytirish va qo‘shimcha daromadlar olish uchun turtki bo‘lgan;
bevosita Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholi, tadbirkorlar va korxonalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan hududlararo hamkorlikni darajasini hozirgi holatiga baho berish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib davlat dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2022 yil 23 iyundagi 06-06/4748 - son ma’lumotnomasi). Namangan viloyati hokimligida hududlararo hamkorlikdagi muammo va omillardan kelib chiqib, maxsus dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan viloyatlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 07/14-01-10/10-4092-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotda qo‘llash hududiy klasterlarni shakllantirish, mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali importni qisqartirish va eksportni kengaytirish imkonini bergan;
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari Namangan viloyati hokimligi tomonidan Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi to‘qimachilik, shoyichilik, dam olish va turizm korxonalari o‘rtasida aloqalarni kengaytirish, oliy ta’lim va rekreatsiya sohalarida hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni tayyorlashda ishlatilgan (Namangan viloyati hokimligining 2022 yil 14 maydagi 03/12-1823 - son ma’lumotnomasi). Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan qo‘shni hududlar bilan to‘qimachilik, oziq-ovqat va mashinasozlik korxonalari soxalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 23 iyundagi 06-06/4748 - son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar Farg‘ona vodiysi viloyatlarida sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar ko‘lamining o‘zaro hamkorlik asosida oshishiga va qo‘shimcha daromadlarning shakllanishiga olib kelgan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish asosida hududlarni 2030 yilgacha rivojlantirish prognoz parametrlari Namangan viloyati hokimligi tomonidan viloyatni 2030 yilgacha bo‘lgan davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2022 yil 14 maydagi 02/10-1818-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Farg‘ona vodiysi viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik asosida ularni rivojlantirishni 2030 yilgacha konsepsiyalarini ishlib chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 07/14-01-10/10-4092-son ma’lumotnomasi). Ushbu maqsadli dastur viloyatlarda yalpi hududiy mahsulotning yuqori sur’atlarda o‘sishiga, xarajatlarning kamayishi hisobiga korxonalar raqobatbardoshligining oshishiga, tovarlarni olib kirish va olib chiqishda ijobiy balansning shakllanishi uchun imkon yaratgan.