Alieva Nigora Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori insolyasiyali mintaqada bolalardagi ichak kasalliklarida D vitaminining ahamiyati», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib60.
Ilmiy maslahatchi: Kamilova Altinoy Tursunbaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kondrat`eva Elena Ivanovna (Rossiya Federatsiyasi), tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Pediatriya va bolalar xirurgiyasi ilmiy markazi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: D vitamini etishmovchiligining yuqori insolyasiyali zonalarda bolalar ingichka ichak kasalliklari klinik ko‘rinishga, kechishi va prognoziga ta’sir mexanizmlarini aniqlash hamda asoslangan korregirlovchi davolash usullarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yuqori insolyasiya mintaqada D vitamini almanishuvi va bolalar surunkali ichak kasalliklarida uning tanqisligi va etishmovchiligining klinik ko‘rinishlari aniqlangan;
bolalarda ozuqaviy etishmaslikka va ingichka ichagining ovqat hazm qilish faoliyatiga D vitamin tanqisligi ta’siri isbotlangan;
stimullangan T-limfotsit hujayralari cho‘kmasi usti suyuqligida limfotoksinlar konsentratsiyasini aniqlash orqali bolalarda AE tashxislash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor seliakiyada D vitamini tanqisligi r53 o‘sma markerining ortishi va bcl-2 oqsili kamayishi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
D vitamini ichak shilliq qavati epiteliyasi regeneratsiyasini, membranaviy ovqat hazm qilishni va so‘rilishni boshqarishda ishtirok etishi isbotlangan;
surunkali ichak kasallikli bolalarda D vitaminining tanqislik darajasiga qarab vitamin qo‘shimchasini shaxsan o‘zlashtirish yondashuvining samaradorligi davolashda va katamnezdan keyin baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori darajada insolyasiyalangan mintaqalarda bolalar ichak kasalliklarida D vitamini etishmovchiligini tashxislash va davolashning yangi uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ichak kasalliklari bo‘lgan bolalarni davolashni optimallatirish yo‘llari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 avgustdagi 8n-r/119-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma remissiya muddatini uzaytiragan va kasalxonaga yotuvchi bemorlar sonini kamaytirgan, bu esa o‘z navbatida hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
T-limfotsit hujayralarni cho‘kmasi usti suyuqligida limfotoksinlar konsentratsiyasini aniqlash orqali bolalarda allergik enterokolitni tashxislash usuli ADSS 15.1.2 raqamli «Bolalarda gastrointestinal shaklli ovqat allergiyasi: T-hujayralarning patogenetik ahamiyati, tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzudagi grant loyihasida hamda shu loyiha asosida ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmada (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 11 sentyabrdagi 8n-r/164-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Joriy qilingan tashxislash usuli enterokolitni klinik kechishini aniqlash, klinik-immunologik ko‘rsatkichlarning ahamiyati asosida etiopatogenetik davolashni takomillashtirishga xizmat qilgan;
yuqori darajada insolyasiyalangan mintaqalarda D etishmovchiligini tashxislash, bolalar ichak kasalliklarida ushbu vitaminning tanqisligi klinik belgilari va uning kuchayish darajasi kasallik shakliga bog‘liqligi aniqlash va davolashning yangi uslublarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy amalaiy markazi va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 avgustdagi 8n-r/119-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar yuqori darajada insolyasiyalangan mintaqalarda bolalarda D vitaminining etishmasligi, ichak kasalliklari tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallik bilan og‘rigan bolalarni statsionarda davolanish kunlari 5-6 kunga kamaytirishga va remissiya muddatini uzaytirishga imkon yaratgan.