Egamov Sarvarbek Shavkatbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi xirurgiyasidagi qiyin yaralar», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2166
Ilmiy rahbar: Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjimatov Gulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “qiyin” duodenal yaralarda oshqozonning funksional xolatini va kasallikning klinik kechishining tipologik xususiyatlarini aniqlash, xamda tashrix usullari va texnik yondashuvlarini takomillashtirish orqali yara kasalligini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“qiyin” duodenal yaralar bilan og‘rigan bemorlarning kontingentiga aniqlik kiritilgan va tavsiflangan hamda ushbu kasallikning klinik kechishining tipologik xususiyatlari aniqlangan;
“qiyin” duodenal yaralarda oshqozonning sekretor va motor-evakuator funksiyasi ko‘rinishidagi funksional ko‘rsatkichlarining xususiyatlari aniqlangan;
oshqozon rezeksiyasida uning cho‘ltog‘ini “qisqichlarsiz” shakllantirish usuli hamda o‘n ikki barmoq ichak cho‘ltog‘ini tikish usuli kabi oshqozonda bajariladigan tashrix usullari va texnik jihatlari samaradorligi asoslangan holda takomillashtirilgan;
tashrixlarning takomillashtirilgan usullari va texnik jihatlaridan foydalanib oshqozonning funksional xolati hamda kasallikning klinik kechishining tipologik xususiyatlarini inobatga olish xirurgik taktikani optimallashtirgan holda “qiyin” duodenal yaralarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashi isbotlangan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Qiyin” duodenal yaralarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘n ikki barmoqli ichakning yaralarida bajariladigan tashrixlarning takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘n ikki barmoqli ichakning “qiyin” yaralarida bajariladigan tashrixlarning takomillashtirilgan usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi 08-31323-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar o‘n ikki barmoq ichak cho‘ltog‘i etishmovchiligi chastotasini, va o‘z navbatida, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish xisobiga davolash natijalarini yaxshilashga imkon bergan.
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi hamda Andijon shahar tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi 08-31323-son ma’lumotnomasi). Joriy etish natijalari tashrixdan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga, shuningdek, “qiyin” o‘n ikki barmoqli ichak yaralarini xirurgik davolashning bevosita va uzoq muddatdagi natijalarini yaxshilashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish