Botirov Jaxongir Akramjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gartman tashrihidan so‘ng jarrohlik taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2896.
Ilmiy rahbar: Madazimov Madamin Muminovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Gulamov Olimjon Mirzaxidovich, tibbiyot fanlari doktori; Egamov Yuldashali Suleymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: taktik-texnik jihatlarni, shuningdek tashriholdi tayyorgarlik va tashrihdan keyin parvarish qilishni optimallashtirish orqali Gartman tashrihidan keyingi rekonstruktiv-tiklovchi operativ aralashuvlar natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gartman tashrihidan keyin ichaklar uzluksizligini tiklash usullariga bog‘liq holda asoratlar rivojlanish xavfining klinik va taktik-texnik jihatlari, shuningdek rekonstruktiv-tiklovchi tashrih muddatini tanlashga ichakning oral va aboral bo‘limlari xolati hamda tashrihdan keyingi davrning kechishiga ta’siri aniqlangan;
kolokoloanastomozning choklari etishmovchiligi ko‘rinishidagi hayotga xavf soluvchi asoratlar chastotasining kamayishiga sabab bo‘luvchi choklar chizig‘ida yuklamaning kamayishi hamda ichaklar bir xil to‘qimalarining birikishini ta’minlovchi Gartman tashrihidan keyingi rekonstruktiv-tiklovchi tashrihlarda “cho‘ktiriluvchi” invaginatsion kolokoloanastomoz usuli takomillashtirilgan;
invaginatsion va “cho‘ktiriluvchi” invaginatsion anastomozlarni qo‘llash bilan bir qatorda tashxisot dasturi va rekostruktiv-tiklovchi tashrih aralashuvlarini amalga oshirish muddatini optimallashtirishga imkon beruvchi ikki bosqichli tashxisot-davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
taktik-texnik jihatlarga, shuningdek tashrihdan oldingi tayyorgarlik va tashrihdan keyingi parvarish qilishga tuzatish kiritilishi Gartman tashrihidan keyingi rekonstruktiv-tiklovchi operativ aralashuvlar natijalarini yaxshilashi asoslanagn.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G
Gartman tashrihidan keyin jarrohlik taktikasini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Gartman tashrihlaridan keyin jarrohlik taktikasini maqbullashtirishbo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Gartman tashrihlaridan keyin jarrohlik taktikasini maqbullashtirishda cho‘ktiriluvchi invaginatsion anastomozning takomillashtirilgan usuli va davolash-diagnostik algoritm» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32073-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar Gartman tashrihidan keyingi rekonstruktiv-tiklovchi operativ aralashuvlarning taktik-texnik jihatlarini maqbullashtirishga va shu bilan tashrihdan keyingi asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishga imkon bergan.
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Andijon shahar tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32073-son ma’lumotnomasi). Invaginatsion va «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion kolokoloanastomozni keng ko‘lamda qo‘llash bilan Gartman tashrihidan keyingi jarrohlik taktikasini optimallashtirish tashrihdan keyingi asoratlarning umumiy chastotasini 2,1 (nazorat guruhida – 38,3%, asosiy guruhda – 18,5%), o‘lim chastotasini esa 2,2 barobar (12,3% va 5,5%) kamaytirish imkonini bergan.