Ibragimova Sapura Zaxidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda o‘tkir limfoblast leykozlar bilan kasallangan bolalarda yangi diagnostik va terapevtik texnologiyalardan foydalangan holda davolashni optimallashtirish», 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc /Tib285.
Ilmiy maslaxatchi: Baxramov Saidjalol Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aleynikova Ol`ga Vital`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Nurgaliev Dair Jvanishevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomli Rossiya milliy tadqikot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘LL-BFM-95m va O‘LL-MB-2008 kimyoterapiya protokollaridan foydalanish natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida O‘zbekistonda bolalarda o‘tkir limfoblast leykozda yashovchanlikni yaxshilash uchun tashxisot va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir limfoblast leykozning prognostik jixatdan yuqori xavf guruxiga qarashli o‘tkir Ph-musbat (EFS 63,6%±3%) va o‘tkir bifenotipik turlarida kichik dozali sitostatiklarga proteinkinaza ingibitorlarini birga qo‘llanilganda davo samaradorligi asoslangan;
o‘tkir limfoblast leykozlarni davolashda ilgari qo‘llanilgan protokolga nisbatan O‘LL-MB-2008 protokolini joriy kilinishi davoni ambulatoriya sharoitida samaradorligi va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishi asoslangan;
kranial nurlanishdan foydalanmasdan, davolashda 3 ta sitostatik dori bilan qo‘shimcha lyumbal punksiyadan foydalanganda O‘LL-MB-2008 protokolini olgan bemorlarda (atigi 13,8%) neyroleykemiyaning samarali profilaktikasi isbotlangan;
T-immun varianti, taloq o‘lchamlarini 4 sm ortiqligi, leykotsitozni 100 mingdan ko‘pligi, bemorni 10 yoshdan katta bo‘lishi kabi belgilar kasallikning prognostik mezonlar sifatida baholangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir limfoblast leykozlar bilan og‘rigan bolalarda kimyoterapiya protokollaridan foydalanish natijalarini qiyosiy tahlil qilish orqali tashxis va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan:
davolash protokollari bo‘yicha bolalarda o‘tkir limfoblast leykozni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Moskva-Berlin protokoli bo‘yicha bolalarda o‘tkir limfoblast leykozni tashxislash va davolash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 maydagi 8n-z/235-son son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarda davolash samaradorligini oshirish, terapiya xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan;
bolalardagi o‘tkir limfoblast leykozda yondosh davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bolalardagi o‘tkir limfoblast leykozda yondosh davo» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 maydagi 8n-z/235-son son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda o‘tkir limfoblast leykozni tashxislash va davolashni takomillashtirish imkonini bergan.
bolalarda o‘tkir limfoblast leykozda yashovchanlikni yaxshilash uchun tashxisot va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Samarqand va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari amaliy faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 dekabrdagi 08-39282-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi tibbiy yordam sifatini oshirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, davolash samaradorligini oshirish, terapiya xarajatlarini kamaytirish va kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini bergan.