Ramazanova Nigora Asrorovnananing 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Osteoartritli bemorlarda metabolik va immunologik buzilishlarning klinik xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.02.PhD/Tib.1154.
Ilmiy rahbar: Miraxmedova Xilola Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi osteoartrit bilan kasallangan bemorlarda metabolik, klinik va immunologik buzilishlarning xususiyatlari va o‘zaro bog‘liqligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
osteoartrit bilan kasallangan bemorlarda adiponektin darajasining pasayishi, yallig‘lanish markyorlari (interleykin-1β i interleykin-6) sintezining ortishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
metabolik sindrom negizida osteoartrit bilan kasallangan bemorlarda leptin konsentratsiyasining ortishi, yallig‘lanisholdi sitokinlari miqdorining (interleykin-1β i interleykin-6) keskin oshishi o‘rtasida  o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan; 
adiponektin miqdorining kamayganligi va leptin konsentratsiyasining ortishi, shu bilan birgalikda yallig‘lanish oldi sitokinlarining ko‘payishi kasallik rivojlanishining jadallashuviga, bo‘g‘imlarning funksional etishmovchiligiga olib kelishi asoslangan;
klinik, laborator, immunologik va instrumental ko‘rsatkichlarga ko‘ra, osteoartrit turli klinik fenotiplarining kasallik kechishi, davolash va bashoratlashga ta’siri asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Osteoartritli bemorlarda metabolik va immunologik buzilishlarning klinik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
osteoartritning klinik fenotiplari va davolashga yondashuv natijalari asosida ishlab chiqilgan "Tizza bo‘g‘imi osteoartritining klinik fenotiplari va davolashga yondashuvlar" mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 oktyabrdagi 8n-z/581 – sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma natijalari osteoartritni erta tashxislash, davolash va klinik fenotiplarni farqlash imkonini bergan;
osteoartritni metabolik sindrom fonida kechish xususiyatlari va davolashga yondashuvlari natijalari asosida ishlab chiqilgan "Osteoartritni metabolik sindrom fonida kechish xususiyatlari va davolashga yondashuvlari" mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 oktyabrdagi 8n-z/581  – sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma metabolik sindrom bilan kechuvchi osteoartrit bilan kasallangan bemorlarning hayot sifati ko‘rsatgichlari va kechish oqibatlarini baholash va davolash imkonini bergan; 
osteoartrit bilan kasallangan bemorlarda metabolik va immunologik buzilishlarning klinik xususiyatlarini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyoti xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy -amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi IADK bo‘limi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasi 2022 yil 16 dekabrdagi 08-39983 – sonli xulosasi). Amaliyotda olingan natijalar osteoartritning klinik fenotipiga qarab kasallikni tashxislash va profilaktikasini yaxshilashga, davolashda samaradorlikka erishishga, bemorning kasalxonada yotishini 2 yotoq kuniga va davolash xarajatlarini kamaytirishga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish