Nomanjonov Sohibjon Nomanjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Zamonaviy texnologiyalar asosida shtamplarni eyilishga chidamliligini va ishlash muddatini oshirishni tadqiq etish”, 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Zamonaviy texnologiyalar asosida shtamplarni eyilishga chidamliligini va ishlash muddatini oshirishni tadqiq etish », 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2667
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Kushimov Baxtiyor Alishovich (ixtisosligi 05.02.05) Texnika fanlari doktori, dotsent, Po‘latov Toxir Rustambekovich (ixtisosligi 05.02.02) texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shtamplarning eyilishga chidamliligi va xizmat muddatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinasozlikda qo‘llaniladigan shtamplarning eyilishbardoshliligini oshirish texnologiyasi kobal`t elementlari bilan ishlov berishda shtampning mexanik xossalarini o‘zgarishi asosida ishlab chiqilgan;
mashinasozlikda qo‘llaniladigan shtamplarni eyilishbardoshliligini oshirishda kobal`t elementi miqdorini optimallash uchun matematik model miqdor ko‘rsatkichlarining eyilishbardoshligiga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
mashinasozlikda qo‘llaniladigan shtampning ishchi yuzasiga ishlov berish texnologiyasi hosil qilinayotgan yuzaning tekisligini ta’minlovchi tezlik va harorat ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan;
abraziv eyilish sharoitida ishlaydigan kobal`t moddasi yordamida shtamp yuzalarining yuza g‘adir-budurligini oshirish texnologiyasi, shtamp yuzalarining tekislik darajasini ta’minlash usullari ishlab chiqilgan;
qoplangan shtamp yuzalarini ishchi qirralarining o‘lchami birikmaning oraliq zonasidagi tuzilishi va faza tarkibi o‘zgarishi mikro va rentgenstruktura o‘zgarishiga bog‘liqlik darajasi asosida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shtamplarning ishchi yuza qatlamini eyilishga chidamliligini oshirish uchun olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kobal`t elementlari yordamida shtamplarning eyilishbardoshliligini oshirish texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ korxonasiga joriy qilin (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 19 oktyabrdagi 01/3680-22-son ma’lumotnomasi). Natijada shtamplarni tayyorlash uchun sarflangan xarajat 7-10% ga kamaytirish imkonini bergan.
shtamp ishchi yuzalarini eyilishga bardoshliligini oshirishning texnologiyasini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ korxonasiga joriy qilindi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 19 oktyabrdagi 01/3680-22-son ma’lumotnomasi). Natijada shtamplarni tayyorlash uchun sarflangan kobal`t miqdori 7-9%ga kamaytirish imkonini bergan.
kobal`t moddasi yordamida shtamp ishchi yuzalarini eyilishga bardoshliligini oshirishning texnologiyasini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ korxonasiga joriy qilindi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 19 oktyabrdagi 01/3680-22-son ma’lumotnomasi). Natijada shtamplarni xizmat muddati va eyilishga bardoshliligi 6-8%ga oshirish imkonini bergan.