Tursunbaev Sarvar Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alyuminiy-litiy qotishmalarining mexanik va quymakorlik xossalarini yaxshilash», 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3105.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Nurmurodov Saloxiddin Dusmurodovich, texnika fanlari doktori, professor; Shazimov Anortoy O‘ljabaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alyuminiy-litiy qotishmalarini mexanik va quymakorlik xossalarini ta’minlaydigan suyuqlantirish texnologiyasini takomillashtirish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy-litiy qotishmasining yangi tarkibi litiy-ftorid birikmasidagi ftorning gazlarni qotishmadan shlakga chiqarish miqdori asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy-litiy qotishmasini gaz pechida suyuqlantirish texnologiyasi litiyning kislorod bilan ta’sirlanishi oqibatida litiy ftoridning alyuminiyga qo‘shish miqdoriga bog‘liqlik grafigi asosida ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan yangi markadagi alyuminiy-litiy qotishmasi tarkibidagi litiyning qotishma tarkibidagi taqsimlanishi qotishma tarkibidagi ftor miqdorining o‘zgarishiga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan.
alyuminiy-litiy qotishmasiga suyuq holatda ishlov berish texnologiyasi litiyning suyuq alyuminiy bilan ta’sirlanishi oqibatida litiy kuyish miqdorining litiyning ftorid birikmasini kiritish massasiga bog‘liqlik grafigi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy-litiy qotishmalarini suyuqlantirishda suyuqoquvchanlik xossasini ta’minlaydigan texnologiyasi litiy-ftorid birikmasining suyuqoquvchanlikka bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alyuminiy-litiy qotishmalarining mexanik va quymakorlik xossalarini ta’minlaydigan suyuqlantirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
alyuminiy-litiy qotishmasining yangi tarkibi mashinasozlik detallarini ishlab chiqarish uchun “Agregat zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2022 yil 1 fevraldagi № 12/06-25-0147 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida detallarning xizmat muddati 16-19 % ga oshgan.
alyuminiy-litiy qotishmasini gaz pechida suyuqlantirish texnologiyasi “Agregat zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2022 yil 1 fevraldagi № 12/06-25-0147 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida litiyning suyuqlantirish davridagi yo‘qotishi 25-27% ga kamaygan.
alyuminiy-litiy qotishmasiga suyuq holatda ishlov berish texnologiyasi “Agregat zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zavtosanoat” AJning 2022 yil 1 fevraldagi № 12/06-25-0147 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida litiyning alyuminiy qotishmasidagi taqsimlanishining bir me’yorda bo‘lishi 8-10% ga ortgan.